Prezident qarori bilan Jamshid Abruyev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, u ushbu vazirlikning boshqarmalaridan biriga boshliq bo‘lib kelayotgan edi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli zarafshonlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 52 nafarga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 159 nafarga ortib, jami 11723 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazi, Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 49 nafari aholi orasida.
9 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar (472 kishi) va o‘lim ko‘rsatkichlari (6 ta) bo‘yicha rekord yangilandi. 190 ta holat aholi orasida aniqlandi. 10 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.
Surxondaryoda koronavirus aniqlangan 35 yoshli erkak bemor hayotdan ko‘z yumdi. U ham o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, uyida mustaqil davolangan. O‘zbekistonda kun davomida 6 kishi, umumiy 51 kishi koronavirusdan vafot etdi.
Koronavirusdan navbatdagi — 50-o‘lim Buxoroda qayd etildi. 53 yoshli bemor 20 iyundan buyon davolanib kelayotgan edi.
USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi. Loyiha 18,9 million dollarga baholanmoqda.
Xalq ta’limi vaziri epidemiologik vaziyat sentyabrgacha yaxshilansa, bolalar maktablarda o‘qishni boshlashini ma’lum qildi. Darslarni televideniye orqali namoyish etish esa to‘xtamaydi.
Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev hokimlar va bankirlarni tadbirkorlar bilan ishlash tizimi yo‘qligi sababli tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 59 ta tuman va shahrda biznes muhit “yomon” deb baholangan. “Tadbirkorga xiyonat qilgan odam — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi”, — dedi prezident.
Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz, kechkisi esa 50 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 188 taga oshib, jami 11447 taga yetdi. Ularning aksariyati Karantin markazida va Toshkent shahrida aniqlandi. Aholi orasida 66 ta holat qayd etildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 28 yoshli jizzaxlik bemor (ayol) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u uy sharoitida davolanib yurgan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 49 nafarga yetdi.
Toshkent hokimi karantin talablari kuchaytirilayotgani sababli poytaxt aholisini beparvo bo‘lmaslikka, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka, onlayn xizmatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, hokim uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olingan bemorlarga tibbiy maslahat ko‘rsatuvchi 1105 raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 48 nafarga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkilotining pandemiya davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda davlat rahbari BMT shafeligida Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
8 iyul kuni kechqurun Serbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari, bir necha ming kishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan va xukumatning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan harakatlaridan noroziligini bildirdi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabining vakili Xabibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda dori-darmonlar va yotoq-joylar zaxirasi yetarli, ammo agar hozirgi kunlik o‘sish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa, ular yetarli bo‘lmasligi mumkin.
“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting