Arxiv

«Hammasi darz ketmoqda» — bosh infeksionist sog‘liqni saqlash tizimidagi ahvol haqida
2 iyul 2020, 23:20

«Hammasi darz ketmoqda» — bosh infeksionist sog‘liqni saqlash tizimidagi ahvol haqida

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musabayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida COVID-19 qurbonlari sonining o‘sishi, pandemiyaning bilvosita qurbonlari, asoratlarsiz kechayotgan kasallikni uy sharoitida davolash, antitanachalar uchun olinayotgan testlar va statistikani pasaytirib ko‘rsatish ehtimoli haqida gapirib berdi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi
2 iyul 2020, 20:03

Koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi

Jahon banki ishtirokida COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi. Buning uchun, bank tomonidan 95 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilib, bu mablag‘larga sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash hamda kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish ko‘zda tutilgan.

Xorijiy tovarlar uchun iste’mol kreditlarini berish taklif qilindi
2 iyul 2020, 19:54

Xorijiy tovarlar uchun iste’mol kreditlarini berish taklif qilindi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol kreditlari berishni, shu bilan birga, kreditning o‘zini naqd va xorijiy valyutada berilishini taklif qildi.

Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Nima o‘zgarmoqda?
2 iyul 2020, 18:33

Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Nima o‘zgarmoqda?

Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda ovoz berganlarning deyarli 78 foizi ushbu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladi. Prezidentlik muddatining nollashtirilishi, sobiq prezidentlarning daxlsizligi, bosh qomusda Xudoning tilga olinishi hamda nikoh tushunchasi — “Gazeta.uz” Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarni taqdim etadi.

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolari to‘plandi
2 iyul 2020, 18:11

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolari to‘plandi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmoqda, deya xabar beradi TIV. Mazkur vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maxsus komissiyaga taqdim etildi. TIV Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolardan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmaslikni va hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini so‘radi.

Koronavirus bemorlari soni 9000 nafarga yaqinlashdi
2 iyul 2020, 17:46

Koronavirus bemorlari soni 9000 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus holatlari 92 taga ko‘payib, jami 8996 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 53 nafari aholi orasida qayd etildi. Kun davomida mamlakatda 215 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Buxorodagi avtohalokatda 3 kishi vafot etdi
2 iyul 2020, 17:26

Buxorodagi avtohalokatda 3 kishi vafot etdi

Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida Cobalt avtomobili va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida uch kishi voqea joyida vafot etgan.

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
2 iyul 2020, 17:13

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Abdullayev Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Microsoft kompaniyasi 25 million kishiga mo‘ljallangan bepul o‘quv dasturini ishga tushirdi
2 iyul 2020, 17:00

Microsoft kompaniyasi 25 million kishiga mo‘ljallangan bepul o‘quv dasturini ishga tushirdi

Microsoft kompaniyasi LinkedIn Learning, Microsoft Learn va GitHub Learning Lab platformalarining o‘quv materiallarini bepul taqdim etdi. Ushbu loyiha bilan 2020 yil oxirigacha 25 mln kishiga yangi kasbni o‘zlashtirishda yordam berish rejalashtirilgan. O‘quv kurslari 2021 yil mart oyining oxirigacha bepul bo‘ladi.

Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi
2 iyul 2020, 16:52

Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi. Uning koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi manfiy natija bergani haqida ma’lum qilindi.

Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytiriladi
2 iyul 2020, 15:27

Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytiriladi

Qozog‘istonda COVID-19 holatlari ko‘payishi sababli 5 iyuldan boshlab karantin ikki haftaga kuchaytiriladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish va yopiq bozorlar, go‘zallik salonlari, bolalar bog‘chalari va boshqa ob’ektlar ish faoliyati taqiqlanadi.

Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi
2 iyul 2020, 15:07

Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi

“Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK negizida Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri davlat mulki ob’ektlarini ijaraga berishni tashkil etishdan iborat.

Ishsizlik darajasi 15 foizgacha oshdi
2 iyul 2020, 14:39

Ishsizlik darajasi 15 foizgacha oshdi

Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda ishsizlik ko‘rsatkichi 15 foizgacha o‘sdi. Bunga karantin cheklovlari sabab bo‘ldi.

Telegram desktop beta-versiyasida multiakkaunt paydo bo‘ldi
2 iyul 2020, 13:41

Telegram desktop beta-versiyasida multiakkaunt paydo bo‘ldi

Telegram messenjerining desktop beta-versiyasida endi uchtagacha akkaunt qo‘shish mumkin. Avval bu funksiya faqat smartfonlarda mavjud edi.

DTM direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
2 iyul 2020, 13:35

DTM direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Sardor Radjabov Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u markazning boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqini bekor qilish taklif etildi
2 iyul 2020, 13:18

Qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqini bekor qilish taklif etildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ayrim korxonalardan, shu qatorda «O‘zmetkombinat» va «O‘zavtorsvetmet"lardan eksklyuziv huquqlari va preferensiyalaridan mahrum qilishni taklif etdi.

Toshkentda Ko‘kchadagi «Olmos jo‘ja» oshxonasida yong‘in chiqdi
2 iyul 2020, 12:52

Toshkentda Ko‘kchadagi «Olmos jo‘ja» oshxonasida yong‘in chiqdi

2 iyul kuni Uchtepa tumani «Ko‘kcha darvoza» MFY hududida joylashgan «Olmos jo‘ja» MCHJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo kubogini qabul qilmoqchi
2 iyul 2020, 12:31

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo kubogini qabul qilmoqchi

O‘zbekiston 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun OFKga taklif yubordi. Musobaqaning rasmiy mezboni 2021 yilda e’lon qilinadi.

Hindiston elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
2 iyul 2020, 11:53

Hindiston elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

Hindiston elchisi Santosh Ja O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish. Qo‘llanma
2 iyul 2020, 10:31

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish. Qo‘llanma

Endi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mobil qurilma orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi. «Gazeta.uz» mobil ilova orqali davlat soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting