Koronavirus holatlari 35 taga ko‘payib, jami 6535 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Toshkent shahrida va 3 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Kun davomida mamlakatda 74 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda jinoiy avtoritet hisoblanadigan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sardoba tumanida yashovchi ayollar Gulistonda may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.
2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 3−20 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish hamda G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi.
24 iyundan xohlovchilarga koronavirusga testni nodavlat tibbiyot muassasalarida pulli asosda topshirishga ruxsat berildi. Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) tibbiyot tashkiloti, ish va yashash joyi yoki maxsus avtotransportda olinishi mumkin.
Yanvar oyida avval mashinasi, so‘ngra o‘zining jasadi topilgan taksi haydovchisini kim o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchining boshqa jinoyatlari ham fosh qilindi.
Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 9 mlndan oshdi. Bunda, 4,5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 472 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.
1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari orqali AOKAga xabarnoma yuborishi kifoya bo‘ladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp yil oxirigacha chet ellik mutaxassislar va mavsumiy ishchilar uchun ish vizalarini berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Tramp pandemiya davrida ustuvor o‘rinda amerikaliklarni ish bilan ta’minlash maqsadida ushbu qarorni qabul qilgan.
Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 6500 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23−24 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Davlat rahbari Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.
Uzbekistan Airways xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida 22 iyundan 5 iyul kuniga qadar amalga oshiriladigan charter aviaqatnovlarining navbatdagi jadvalini e’lon qildi.
2020 yil uchun Haj mavsumi xorijiy mamlakatlar ziyoratchilari uchun bekor qilinib, Saudiya Arabistoni ichida bo‘lib turgan fuqarolardan iborat ziyoratchilar uchun cheklangan miqdorda tashkil etiladi.
O‘zbekistonda kun davomida 146 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 6461 taga yetdi. Ularning 4450 nafari sog‘aygan, 1992 nafari davolananishda. 4 bemorning aholi o‘ta og‘ir.
«Xalq banki» Yozyovon filiali pul omboridan yo‘qolgan 100 ming dollarni bank boshqaruvchisi, bosh hisobchi va kassa mudiri o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Hududlardagi barcha bozorlar dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun har haftada bir marotaba yopiladi. Shuningdek, supermarket va boshqa yirik do‘konlarda sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga 14 kunlik karantin davrini o‘z xohishiga ko‘ra haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon 1 mln dan ko‘proq test sinovi o‘tkazildi. 59,9 ming fuqaro karantinda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting