Tibbiyot xodimlarining bemorlarga dori vositalarini tayinlashida farmatsevtik tashkilotlardan manfaatdor bo‘lish holatlarining oldi olinadi. Shu maqsadda, tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatiga qator cheklovlar qo‘yiladi.
Moliya vazirligi 2020 yilning I choragi bo‘yicha O‘zbekistonning davlat qarzi $18,2 mlrd (YAIMga nisbatan 31,3 foiz) tashkil etganini ma’lum qildi. Bunda, mazkur qarzning asosiy qismi energetika, transport infratuzilmalari va suv ta’minoti bo‘yicha loyihalarga yo‘naltirilgan. Davlat qarzining makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajasi YAIMga nisbatan 50 foizni tashkil etishi aytilmoqda.
Koronavirus bemorlari soni 30 nafarga ortib, jami 5293 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 9 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahrida (4 nafari aholi orasida) va qolgan 2 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.
Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi 2-ikkinchi bosqichida qurilish-montaj va pardozlash ishlari yakuniga yetib, «Shahriston» bekatiga ulandi. Yo‘nalish bo‘yicha metro poyezdlarining sinov qatnovlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Tojikistonda joylashgan bo‘lib, markazda magnituda 5,5 ni tashkil etdi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda jami 183 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Ularning asosiy qismi — 153 tasi poytaxt hududiga to‘g‘ri keladi.
Sinoptiklar yaqin kunlarda havo harorati bir oz tushib, +30…+35 daraja atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘zbekistonda yana 109 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5263 taga yetdi. Toshkent shahri hamda Toshkent, Namangan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida aholi orasida infeksiya yuqishi kuzatildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Andijonda IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa olingan fuqaroning o‘limi yuzasidan munosabat bildirar ekan, IIV rahbariyatining iste’fo vaqti kelganini ta’kidlab o‘tdi.
Qirg‘iziston bosh vaziri Muxammedkaliy Abilgaziyev iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. U radiochastatalarning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq jinoiy ish ortidan ushbu qarorga kelganini ta’kidladi.
Alisher Narbayev va Zairdjan Bazarbayev mudofaa vazirining yangi o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanishdi.
Pekinda so‘nggi ikki oy ichida ilk bor koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. “Sinfadi” bozorida virus tarqalishi ro‘y berganidan keyin Pekin hukumati barcha dahalarda favqulodda holat e’lon qildi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlari va davolanish kursini tugatgan bemorlarni reabilitatsiya kurslarisiz uylariga kuzatish boshlandi. SSV bu amaliyot dunyoda faqat O‘zbekistonda qo‘llanilgani va unga zarurat yo‘qligini ma’lum qildi.
«Yuksalish» umummilliy harakati Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan holat yuzasidan tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari orqali olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini va ichki ishlar tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.
“Adolat” va O‘zLiDep partiyalari siyosiy kengashi raislari hamda Ekologik partiyaning a’zosi Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq hodisani qoralab, ichki ishlar tizimida tubdan islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligini ta’kidlashdi.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muxammadiyev Andijonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qiynoq holatini uyat deb ta’rifladi. Ombudsman yagona tergov qiluvchi organning tashkil qilinishida zarurat borligini, lekin bu qiynoqlar va shaxsni huquqlarini buzilishi masalasiga to‘liq yechim emasligini ta’kidlab o‘tdi. Buning uchun IIV tizimini tubdan isloh qilish kerak, deya ta’kidladi Ulug‘bek Muxammadiyev “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida.
Ma’muriy sud nogironligi bo‘lgan ukasi uchun dori olishga chiqqan haydovchini aybsiz deb topdi. U avtomashinasida stikersiz harakatlangani uchun 4,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan, transport vositasi esa jarima maydonchasiga qo‘yilgan edi.
Namanganlik erkak xotini va uch qizini bolta bilan urib tan jarohatlari yetkazib, so‘ngra o‘zini yoqib yubordi. Turmush o‘rtog‘i va besh oylik qizi olamdan o‘tdi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov metrolardagi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshirishi sababli metro harakatlanishiga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi.
Gulnora Karimovaning Fransiyadan qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari Parij markazidagi uyini sotishdan kelib tushgani ma’lum qilindi. Ushbu mablag‘ning qaysi maqsadlarda sarflanishiga ham qisman aniqlik kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting