Xorazm viloyatida qidirilayotgan erkakning murdasi Shovot kanalidan topilgan mashina ichida zanjir bilan bog‘langan holda topildi.
Koronavirus holatlari kun davomida rekord darajada — 237 taga o‘sib, 4331 taga yetdi. Karantin markazida — 20, Toshkent shahrida — 195, Toshkent viloyatida — 10, Xorazm viloyatida — 8, Sirdaryo viloyatida — 4 ta kasallik aniqlandi.
Qibrayda beton zavodida 95 metr uzunlikdagi devorning qulab tushishi oqibatida 3 ishchi hayotdan ko‘z yumdi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda kun davomida 208 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4302 taga yetdi.
Toshkentda 26 yoshli erkakning yuragiga qaychi sanchib o‘ldirgan 17 yoshli sartarosh qo‘lga olindi.
O‘zbekistonda kun davomida 87 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 4094 taga yetdi. 3 nafar bemorning aholi o‘ta og‘ir.
Toshkentda sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan 70 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirusdan olamdan o‘tganlar soni 17 nafarga yetdi.
Prezident Farg‘ona viloyati rahbarlari va aholisi bilan uchrashuvda eng muhim masalalarni muhokama qilishga chaqirdi. So‘x tumanidagi voqealarga to‘xtalib, ular qirg‘iz xalqi bilan do‘stona munosabatlarga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidladi. “Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bo‘lishimiz zarur”, — dedi prezident va tumani aholsining hayotini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.
Farg‘ona viloyatida ro‘yxatga olingan 49,2 ming nafar ishsiz yoshlarning 28 mingga yaqin yanvar-may oylarida ish bilan ta’minlandi. Jumladan, 2600 kishiga 10−30 sotixdan yer ajratib berildi, pandemiya sababli xorijdan qaytgan 4700 kishi esa qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalarga ishga joylashtirildi.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bir qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, viloyatda qambag‘al aholi bilan ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan ham tanishdi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida yoshlar o‘rtasida ommaviy janjal va pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Ikki kishi yaralanib, shifoxona yotqizildi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4000 nafardan oshdi. “Yashil” hudud hisoblangan Qashqadaryoda yangi kasallanish holati qayd etildi. Shuningdek, 160 kishi sog‘aydi, 13 bemorning ahvoli og‘ir.
8 iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi.
Facebook davlat nazoratidagi OAV sahifalari va undagi xabarlarni belgilashni boshladi. Bunda kompaniya OAV tashkiliy tuzilmasi haqidagi ma’lumotlar, moliyalashtirish manbalari, tahririyat siyosati kabi bir necha mezonlarga asoslanadi. Hozirda Russia Today, Sputnik, RIA Novosti, China Xinhua News va Philippine News Agency kabi OAV sahifalari belgilangan.
Oliy sud «Yangiobod. Chotqol marvaridi» sayyohlik bazasining nazorat shikoyatini qanoatlantirdi. Ob’ektni olib qo‘yish bo‘yicha oldingi instansiyalar va hokim qarori bekor qilindi.
Koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 3987 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlardan 9 nafari aholi orasida qayd etildi (Toshkent shahrida — 8, Namangan viloyatida — 1). Hozirgacha kun davomida 48 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Xalq ta’limi tizimida masofaviy ta’limni rivojlantirish maqsadida «Online Maktab» loyihasi davom ettirilishi rejalashtirirlmoqda. Tegishli qaror loyihasiga ko‘ra, 1 avgustdan televizion videodarslarni tasvirga olish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda va 1 sentyabrgacha yagona markazlashgan maktab.uz platformasi yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatovga chegaradosh hududlarga borib u yerdagi muammolarni o‘rganishga topshiriq berdi. Alohida urg‘u chegaradosh hududlardagi kambag‘allikni kamaytirish va aholi yashash darajasini rivojlantirishga qaratiladi.
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tibbiyot xodimlari mast holdagi kishilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Masala yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh prokurorga murojaat yo‘llab, holatni nazoratga olishni va aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘ragan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va xalqaro tashkilotlar ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibini ishlab chiqilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting