Arxiv

Maktablarda “Informatika” fani o‘quv dasturlariga dasturlash ham kiritiladi
9 iyun 2020, 15:04

Maktablarda “Informatika” fani o‘quv dasturlariga dasturlash ham kiritiladi

Prezident “Informatika” faniga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yo‘nalishlarni kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Barcha hududlarda IT bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochilib, ularda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlik cheklanishi mumkin
9 iyun 2020, 14:38

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlik cheklanishi mumkin

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlikni cheklovchi yo‘l belgisini o‘rnatish taklif etildi. Ta’lim muassasalari yaqinida eng yuqori tezlikning soatiga 50 km bo‘lishi kutilmoqda.

JB O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi
9 iyun 2020, 14:33

JB O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi

Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi, shunday bo‘lsa ham, mamlakat mintaqada iqtisodiyoti o‘sishda davom etayotgan yagona davlatligicha qolmoqda. Jahon iqtisodiyotida esa Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng yuqori — 5,2 foizlik pasayish kutilmoqda.

Karantin sababli 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovidan ozod etilgan
9 iyun 2020, 12:51

Karantin sababli 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovidan ozod etilgan

Karantin sababli davlat mulkini ijara olgan 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovini to‘lashdan ozod etilgan. Bu davlatga to‘lanishi mumkin bo‘lgan 92,6 mlrd so‘m pul tadbirkorlarning qo‘llarida qolganligini bildiradi.

Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi
9 iyun 2020, 12:44

Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi

Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. OTMda ta’lim rus tilida tashkil etilib, sharq tillari filologiyasi, etnografiya, sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va biotibbiyot kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.

DTM test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxatini e’lon qildi
9 iyun 2020, 11:42

DTM test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxatini e’lon qildi

Davlat test markazi tomonidan 2020−2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati e’lon qilindi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari kengaytirildi — ro‘yxat
9 iyun 2020, 11:20 1

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari kengaytirildi — ro‘yxat

Prezident o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, frilanserlar va tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxati kengaytiriladi, ularga bir qator qulayliklar va imtiyozlar beriladi hamda ularning faoliyatini masofadan turib ro‘yxatga olish uchun DSQ tomonidan mobil ilova ishlab chiqiladi.

Koronavirus bemorlari soni 4448 nafarga yetdi
9 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 4448 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 8 nafarga ortib, jami 4448 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda Archako‘chadagi janjalda pichoqlanganlardan biri olamdan o‘tdi
8 iyun 2020, 22:13

Toshkentda Archako‘chadagi janjalda pichoqlanganlardan biri olamdan o‘tdi

Toshkentda sodir bo‘lgan pichoqbozlikka dorixona daromadlarini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Jarohatlanganlardan biri olamdan o‘tdi.

Koronavirusdan vafot etganlar soni 18 nafarga yetdi
8 iyun 2020, 21:30

Koronavirusdan vafot etganlar soni 18 nafarga yetdi

Toshkentda sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan 76 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Koronavirus qurbonlari soni 18 nafarga yetdi.

“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” YHXB xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘rashdi
8 iyun 2020, 21:08

“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” YHXB xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘rashdi

“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” hajviy guruhi a’zolari YHXB xodimlari haqida tayyorlagan yumoristik ko‘rsatuvlaridagi hazillari uchun kechirim so‘rashdi.

FVV tog‘ va og‘oldi hududlarida sel kelishidan ogohlantirdi
8 iyun 2020, 20:30

FVV tog‘ va og‘oldi hududlarida sel kelishidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.

Dunyo mamlakatlari koronavirus bemorini davolash uchun qancha sarflamoqda?
8 iyun 2020, 19:50

Dunyo mamlakatlari koronavirus bemorini davolash uchun qancha sarflamoqda?

Dunyo mamlakatlarida bitta koronavirus bemorini davolash narxi qanchaga tushmoqda? Hamma davlatlarda ham davolanish byudjet hisobidan bepul amalga oshiriladimi?

Soliq tizimining raqamli kelajagi strategiyasi qabul qilindi
8 iyun 2020, 18:23

Soliq tizimining raqamli kelajagi strategiyasi qabul qilindi

Soliq tizimi axborot tizimlarini yagona platformaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish jarayoni 5−7 barobargacha yengillashib, inson omili aralashuvi 60 foizga qisqartiradi, shuningdek, qog‘oz shaklidagi hujjat ishlari ham keskin kamayadi.

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi
8 iyun 2020, 17:11

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.

Koronavirus holatlari 4404 taga yetdi (+52)
8 iyun 2020, 17:07

Koronavirus holatlari 4404 taga yetdi (+52)

O‘zbekistonda yana 52 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4404 taga yetdi. Jumladan, “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshlari va qo‘shnilari, “Ravnaq bank"ning Shayxontoxur filiali xodimida infeksiya tasdiqlandi.

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida ishsizlar soni qariyb 2 mln kishiga yaqinlashdi
8 iyun 2020, 16:34

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida ishsizlar soni qariyb 2 mln kishiga yaqinlashdi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov koronavirus pandemiyasi paytida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi qariyb 2 million kishiga yetganini ma’lum qildi. Chegaralar yopilgani tufayli 550 mingga yaqin mehnat muhojirlari boshqa davlatlarga ishlash uchun keta olishmagan.

Maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlagan hamshirada koronavirus aniqlandi
8 iyun 2020, 16:27

Maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlagan hamshirada koronavirus aniqlandi

O‘rta Chirchiq tumani maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlab kelgan, tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasida koronavirus aniqlandi. Tug‘ruq uyi karantinga yopildi.

Andijonda musiqa va san’at maktabi direktori o‘qituvchini pichoqladi
8 iyun 2020, 16:19

Andijonda musiqa va san’at maktabi direktori o‘qituvchini pichoqladi

Andijon viloyatida musiqa va san’at maktabi direktorining xizmat xonasida maosh tufayli janjal kelib chiqdi. Rahbar pichoq bilan o‘z xodimiga yengil tan jarohatlari yetkazdi.

Kunlik rekord ko‘rsatkich — 217 ta COVID-19 holati aholi orasidan aniqlangani ma’lum qilindi
8 iyun 2020, 16:11

Kunlik rekord ko‘rsatkich — 217 ta COVID-19 holati aholi orasidan aniqlangani ma’lum qilindi

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashganini ma’lum qilib, kun davomida aholi orasida 217 ta yangi COVID-19 holati aniqlanganiga munosabat bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting