2020 yil yozda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikistonda, Qozog‘istonning janubiy, g‘arbiy, sharqiy mintaqalarida ob-havoning 40 foiz ehtimol bilan me’yoridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yozning birinchi haftasida esa harorat ko‘tarilib, +40 darajaga yetishi, dam olish kunlarida bir oz pasayishi kutilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi 30 may kuni Qashqadaryoda tungi reyd davomida IIB xodimining qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, fuqaroga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatgani, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgani bo‘yicha munosabat bildirdi. Hozirda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida safarga chiqadiganlar nimalarga e’tibor berishi lozim? «Gazeta.uz» samolyot va poyezd yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha ehtiyot choralarini tavsiya etadi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 11 taga ko‘payib, jami 3673 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlar aholi orasida 5 nafar, karantin markazidagilar 4 nafar va qolgan 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchilar orasida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 50 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Prezident qaroriga binoan, 2022 yil 1 yanvargacha tez yordam avtomobillari import bojxona bojidan ozod qilindi. Ta’kidlanishicha, ushbu imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ham tegishli.
«O‘zbekneftgaz» Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Uning o‘rniga Ai-91, Ai-93, Ai-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda.
MTRKning sobiq raisi va AKT vaziri bo‘lib ishlagan Xurshid Mirzohidov mamlakatning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U Bishkek shahriga yetib bordi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ishtirokida bir kun oldin ikki davlat chegara hududidagi qishloqlar aholisi o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv muhokama qilindi. Tomonlar ushbu ko‘ngilsizlik avj olib ketmasligi uchun birgalikda tergov harakatlarini olib borishga kelishib oldi.
2019 yilda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning oilasining umumiy daromadi 1,06 mln dollarni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy daromadining aksariyati tadbirkorlik faoliyatidan kelgan. Xarajatlari esa — qariyb 500 ming dollar bo‘lib, asosan prezidentlik saylov kampaniyasiga sarflangan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanda va uning oila a’zolarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ta’kidlanishicha, u muzokaralar davomida xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantdan COVID-19 bilan zararlangan. Davolanish paytida bosh vazir o‘z uyidan turib ishlashni davom ettirishini ma’lum qilgan.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va 10 148 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining ikkinchi hafta davomida o‘sishi.
Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3662 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, infeksiyaga chalinganlar Toshkent shahrida (10), Sirdaryo viloyatida (2), Toshkent viloyatida (2) va Namangan viloyatida (1) qayd etilgan.
1 iyundan boshlab Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda, shu jumladan Samarqand shahrida ham avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat berildi. Bunda, avtotransport vositalari faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan — 10:00 gacha, 17:00 dan — 20:00 gacha) harakatlanishi ko‘zda tutilgan.
Soliq to‘lashdan vaqtincha ozod qilinayotgan tadbirkorlar, soni oshirilayotgan nafaqaxo‘rlar, aeroportlar, bozorlar va tashkilotlardagi fitobarlar, aksiz solig‘i olinadigan yangi turdagi tamaki mahsulotlari va boshqalar — 1 iyundan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘pka — yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.
Asakadagi UzAutoMotors kompaniyasiga ishga joylashtirish uchun 31 kishidan 42 ming dollar olgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida koronavirusda gumonlanayotgan shaxs ko‘plab bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun tuman hududi to‘liq karantinga olindi.
O‘zbekistonda kun davomida 58 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 3546 taga yetdi. “O‘rikzor” bozori sotuvchisining o‘g‘li va qiziga ham infeksiya yuqtirgani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 3523 taga yetdi. 9 ta holat Toshkentda aholi orasida qayd etildi.
Navoiy viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdor shaxslari inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222,3 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting