Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin mamlakatda karantin muddati 15 iyunga qadar uzaytirildi. Shu bilan birga, 1 iyundan boshlab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarda ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.
Viloyatlar o‘rtasida shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat berilmadi. Faqatgina «yashil» hududlardagi sanatoriya va bolalar oromgohlariga odamlarni markazlashtirilgan holda olib borish mumkin.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.
O‘zbekistonda juma kuni 44 kishida koronavirus aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 3488 taga yetdi. Yangi holatlarning 32 tasi karantinga olinganlar, 4 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar va 8 tasi aholi orasida aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida “Yangi hayot” kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan Denovdagi Amir Temur haykali qayta ko‘rib chiqiladi. Yodgorlik 1996 yilda o‘rnatilgan.
Prezident Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi. Muassasa 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan. Lekin 4 ming o‘ringacha transformatsiya qilish imkoniyati bor.
Furqat Sidiqov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
“Gazeta.uz” koronavirus sababli begona yurtlarda qolib ketgan va vatanga qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarning o‘y-xayollari, o‘zga mamlakatlarda karantindagi hayoti va boshidan kechirgan voqealar aks etgan hikoyalarini tayyorladi.
Navoiy viloyatidagi Zarafshon shahrida 650 o‘ringa mo‘ljallangan konteynerlardan iborat karantin maydoni qurilishi boshlandi. Mazkur karantin maydonining qurilishi shaharda epidemiologik vaziyat chigallashgani sababli boshlangan.
Dam olish kunlari issiq ob-havo biroz pasayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +34…+37, shimol va cho‘l hududlarida +42 atrofida bo‘ladi. Janubda esa nisbatan salqin havo oqimi kirib kelishi sababli 39 darajagacha pasayishi mumkin.
Alisher Yakubov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.
AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Unga ko‘ra, federal organlar Twitter, Facebook, Instagram va YouTube kabi yirik ijtimoiy mediya kompaniyalarning o‘z foydalanuvchilari postlarini tahrirlash va o‘chirishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning neft mahsulotlari importiga aksiz solig‘ini 20% ga oshirish bo‘yicha taklifiga izoh berdi. Unga ko‘ra, mazkur taklif Tarif va notarif tartibga solish kengashining Kotibiyatiga taqdim etilmagan va xalqaro majburiyatlar va amaliyotga mos kelmasligi sababli ko‘rib chiqilishi va qo‘llanilishi mumkin emasligi ta’kidlangan.
Navoiyda koronavirus infeksiyasi beshta o‘choq orqali tarqalmoqda. Viloyatda karantin qoidalari kuchaytiriladi.
O‘zbekistonda alohida huquqni muhofaza qilish organi — Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etilishi kutilmoqda. Qo‘mita o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshirib, prezident va Oliy Majlis palatalariga hisobdor bo‘ladi.
Navoiy viloyatining Karmana tumanida uch oylik o‘g‘lini 2 xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi.
Farg‘ona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan chiqarilgan 15 kunlik qamoq jazosi o‘zgartirilib, 2 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazo tayinlandi. U Farg‘ona viloyat hokimligi binosi oldida niqob taqmaslik va IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatganlikda ayblangan edi. Bugun, 29 may kuni jurnalistga javob berilishi kutilmoqda.
1 iyundan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlar o‘rtasida ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi. Turizm sohasiga yondosh tashkilotlarga (turoperatorlar, mehmonxonalar va boshqalar) o‘z faoliyatini boshlashga ruxsat etildi va ularga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar, preferensiyalar va ko‘shimcha ko‘maklar ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting