Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov karantin davrida chakana savdoda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, ushbu davrda onlayn buyurtmalar sezilarli oshgan, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosida savdo hajmi 70% dan 100% gacha tushib ketgan. U nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi internet orqali rivojlanishi kerakligini aytmoqda.
Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga ortib, jami 3463 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, infeksiyaga chalinganlar Toshkent shahrida (2) va Sirdaryo viloyatida (2) qayd etilgan.
O‘zbekistonda kun davomida 75 ta koronavirus holati qayd etildi. Yangi holatlarning 6 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar, 21 tasi aholi va qolganlari karantinga olinganlar orasidan aniqlandi.
«Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligini ta’kidladi.
Amerikaning Minneapolis shahrida fuqaro politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganida vafot etganidan so‘ng norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Hukumat mojaroga barham berish uchun Milliy gvardiyaga murojaat qildi.
Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona viloyatida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ular avval ham ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan, biroq ozodlikka chiqqach aholi orasida terroristik g‘oyalarni va adabiyotlarini tarqatish bilan shug‘ullangan.
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari Anvar Xonto‘rayev xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashgani, pedagoglarni kamsitgani, mehnatga majburlagani va ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilgani uchun 22,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
O‘zbekistonda yana 41 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 3437 taga yetdi. Yangi holatlarning 10 tasi Sankt-Peterbursh, 3 tasi Novosibirk va 1 tasi Istanbuldan, 17 tasi esa Qozog‘istondan kelganlar orasida kuzatilgan. Jami COVID-19 holatlari 3437 taga yetdi.
Bobirbek Yuldashev Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar prezident Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘'basi bosh inspektori bo‘lib ishlagan.
Andijon viloyatida koronavirusga chalingan ikki haydovchi sababli ular bilan muloqotda bo‘lgan 100 ga yaqin kishi — oila a’zolari, qo‘shnilari, yaqinlari va boshqalar karantinga olindi. Haydovchilar yuk mashinasida Rossiyadan kelgach, qonun-qoidalarga zid ravishda chegara posti avtoturargohidan uyiga chiqib ketishgan.
2001 yilgacha Strategik tadqiqotlar instituti direktori bo‘lib ishlagan Rafik Sayfulin davlatga xoinlik hamda qurol yoki portlovchi moddalar saqlaganlikda aybdor deb topilib, 12 yilga qamaldi.
Boeing oradan besh oy o‘tib, 737 MAX laynerlarini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Ulardan foydalanish Indoneziya va Efiopiyada ushbu laynerlar halokatga uchraganidan keyin butun dunyoda to‘xtatilgan edi.
World Influencers Network asoschisi Behruz Hamzayevning bloger Kirill Altman dasturidagi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish va uning faoliyatiga oid bildirgan fikrlariga raddiya berildi. Jumladan, ushbu vazirlikning prezident tashabbusi bilan tashkil etilgani ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston — AQSH — Afg‘oniston” birinchi uch tomonlama majlisida COVID-19 pandemiyasi tufayli afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida HOWO yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi. Uning ikki yo‘lovchisi — 24 va 20 yoshli er-xotin vafot etdi. Shu kunning o‘zida Farg‘ona viloyatida ham shunga o‘xshash YTHda bir kishi olamdan o‘tgan edi.
33 mln dollarga sotuvga qo‘yilgan Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasiga xaridor chiqmadi. Narx tushirilgach, 80,1 foizlik ulush Singapurning shoular ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga 23,2 mln dollarga sotildi.
Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga tibbiyot karavotlarining navbatdagi partiyasi yetib keldi. 126 ming dollarlik yana bir yukni jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Damas haydovchisi ikki yoshli bolani bosib ketdi. Go‘dak voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
To‘liq jonli ijroda o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi, 15 aprel mamlakatda “madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi — madaniyat va san’at sohasidagi muhim o‘zgarishlar.
Madaniyat vazirligi faoliyati takomillashtiriladi. Jumladan, Madaniy meros departamentida Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi va O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi Madaniyat vazirlik tizimiga o‘tkazildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting