Qoraqalpog‘istonda 3 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda bir kunda 27 nafar bemor tuzalib, jami sog‘aygan bemorlar soni 156 kishiga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 153 nafarga yetdi. Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida yana 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Koronavirusdan tuzalgan fuqarolar soni 146 kishiga yetdi.
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida pensiyalar may oyidan to‘liq bank kartalari orqali to‘lanadi. I hamda II guruh nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan (yotoqdagi) fuqarolarga ularning pensiyasi naqdlashtirilib yashash manzili bo‘yicha o‘z vaqtida yetkazib beriladi.
Toshkent shahrida qayd etilgan 48 nafar koronavirus bemorining kasallikni qayerdan yuqtirib olgani noma’lum. Bemorlarning 20 nafari maktab o‘quvchilari, 10 nafari 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
Dushanbe hokimi va Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Emomali mamlakat parlamentining yuqori palatasiga rais etib saylandi.
Bir guruh tibbiyot xodimi va ekspertlar COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishda yordamlashish uchun Xitoydan O‘zbekistonga yo‘l oldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan G‘alaba kuni paradi va «O‘lmas polk» yurishlarini koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa kunga qoldirishni buyurdi. U paradning aniq muddatini aytmadi, lekin 2020 yilda o‘tkazilishini ta’kidladi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari 10 taga oshib, jami 1390 taga yetdi.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolar ishga velosipedda qatnashi mumkinligini ma’lum qildi. Biroq buning uchun pasport, xizmat guvohnomasi yoki mehnat daftarchasi nusxasi hamda tashkilotdan karantin paytida ishga jalb etilgani haqidagi ruxsatnoma bo‘lishi lozim.
Dam olish kunlari va keyingi haftaning boshida O‘zbekistonda issiq va quyoshli ob-havo kutilmoqda. Shanba kunidagi +22 darajali harorat dushanba kuni +27 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari 100 dan ortiq xodimlarini o‘z vazifasiga kirmaydigan ko‘chat ekish ishlariga jalb qilishda zarur hujjatlarni rasmiylashtirmagani uchun jarimaga tortildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 420 nafari Toshkentda, 376 nafari Buxoro viloyati, 177 nafari Xorazmda va 126 nafari Andijon viloyatida davolanmoqda yoki davolanishda bo‘lgan — viloyatlar bo‘yicha statistika.
Buxoroda yana 11 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Jami tuzalganlar 140 nafarga yetdi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida byudjetdan tashqari «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma mablag‘lari «xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish, ehtiyojmandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar yig‘inlarini moddiy-texnik jihozlash kabi maqsadlarda sarflanadi.
Cotton Campaign O‘zbekiston paxtasiga boykot hozircha bekor qilinmasligini bildirdi. Koalitsiya mamlakatda hali majburiy mehnatga barham berilmagani hamda ishchilarni himoya qilishda qo‘shimcha kafolatlarga ehtiyoj sezilayotganini qayd etib o‘tdi.
Davlat byudjetidan 5,1 trln so‘m, mahalliy byudjetlardan esa 980 mlrd so‘m maqbullashtiriladi. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq 3,2 trln so‘mlik xarajatlar ikkinchi yarim yillikka o‘tkaziladi.
Farg‘ona vodiysida sodir bo‘lgan zilzilaning o‘chog‘i Namangan viloyatida ekani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 31 taga oshib, jami 1380 taga yetdi.
Koronavirus ma’lumotlari nogironligi bor shaxslar uchun tushunarlimi va ularning ijtimoiy himoyasi yetarlimi? O‘zini izolyatsiya qilishdan kim ko‘proq ziyon ko‘rmoqda va ularga qanday yordam berish kerak?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting