Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga tushishini prognoz qilmoqda. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining esa 1,8 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Pensiya jamg‘armasiga rahbarlik qilgan Baxrom Ashrafxanov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlandi.
Andijon viloyatida 74 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan.
Sulton Tex Group xususiy korxonasi rahbari Nurbek Ergashev prezidentga murojaat qilib, bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev «noqonuniy talablari» bajarilmagani uchun uning kompaniyasini paxta-to‘qimachilik klasterlari ro‘yxatidan chiqarib yuborganini ma’lum qildi. Fermerlar ularni klaster bilan shartnomalarni bekor qilish va kooperativga o‘tishga majburlashayotganini xabar qildi. Korxona avtomobillari jarima maydonchasiga olib ketilmoqda.
Choriyev Jasurbek Ergashevich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 1,596 trln so‘m (157,7 mln dollar) kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari 756 mlrd so‘mga (74,7 mln dollar) teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi shifoxona va karantin uchun maxsus muassasalarni qurishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Vengriyaga koronavirus bilan kurashish uchun 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov karantin choralarining may oyida ham davom etish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YAIMi birinchi chorakda 4,1−4,4 foiz atrofida o‘sgan, eksport 11 foizga, import esa 10 foizga qisqargan.
AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtadi. Tramp bu qarorni tashkilot o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagani bilan asosladi. O‘z navbatida, BMT bosh kotibi hozir JSST uchun resurslarni kamaytirish vaqti emasligini ta’kidladi.
Markaziy bank asosiy stavkaning 16 foizdan 15 foizga pasaytirilishi yuzasidan izoh berdi. Asosiy omillar tashqi va ichki talabning qisqarishi sharoitida iqtisodiy faollikning sekinlashuvi hamda inflyatsiya prognozlarining pasayishi bilan bog‘liq.
Markaziy bank haftada ikkinchi marta valyuta kurslarini yangiladi. Dollar 427 so‘mga ko‘tarilib, 10121 so‘mga yetdi.
O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 49 taga oshib, jami 1214 taga yetdi.
14 aprel kni O‘zbekistonda yana 167 nafar koronavirus bemori aniqlanib, umumiy 1165 kishiga yetdi.
Maxsus komissiya yirik obyektlarda sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda qurilish, rekonstruksiya va ta’mir ishlarini olib borishga ruxsat berdi. Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Yangiyo‘l va Chinozda ham karantin cheklovlari joriy etildi.
Iqtisodchi Botir Qobilov — koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy komalar davridagi karantin choralari, iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida.
14 aprel kunidan e’tiboran «O‘zbekneftgaz» dizel yonilg‘isi litrining bahosini 5600 so‘m etib belgiladi. Uch oy ichida dizel narxi deyarli 2000 so‘mga arzonlashdi.
O‘zbekiston prezidenti koronavirus bilan kurashda uning barvaqt oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni va resurslarni ishlatish kerakligini eslatib o‘tdi. Karantinning qachon bekor qilinishi bo‘yicha xalq bilan maslahat qilinishi aytildi
Pensiyaga bo‘lgan huquqni tasdiqlash muddati kelgan yoki pasport muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etmagan holda to‘lov muddatlari 4 oyga uzaytirildi.
O‘zbekistonda tomorqaga ekin ekmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha loyiha ishlab chiqiladi. Shuningdek, tomorqasiga ekin ekmagan yer egasiga yer solig‘ini oshirilgan stavkada qo‘llashni nazarda tutuvchi tuman hokimlari qarorlari qabul qilinadi.
Italiya, Ispaniya va Avstriya koronavirus tarqalishi sekinlashgani sababli karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatmoqda. JSST rahbari esa ushbu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish hamda cheklovlarni sog‘liqni saqlash tizimi infeksiyaning ikkinchi to‘lqiniga dosh berishga tayyor bo‘lgandagina yumshatishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting