Koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi natijasida vafot etdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 767 taga yetdi.
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Anvar Obidjon olamdan o‘tdi.
AI-91 markali benzin narxi arzonlashdi va 13 apreldan boshlab 5600 so‘m qilib belgilandi.
Markaziy bank vakili karantin davrida doimiy turar joyida yashamayotgan fuqarolar pensiyasini qanday olishi mumkinligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 729 taga yetdi.
Prezident iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi yo‘qotishlar o‘rnini qisman to‘ldirish va aholi bandligini ta’minlash uchun rezervlarni agrar sohaga safarbar qilishga topshiriq berdi.
O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus holatlari soni 694 taga yetdi.
O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami tasdiqlangan holatlar — 669 ta.
Karantin vaqtida fuqarolar tibbiy himoya qo‘lqoplaridan ham foydalanishmoqda. «Gazeta.uz» ushbu qo‘lqoplardan foydalanish qoidalari va, asosiysi, uni qanday qilib to‘g‘ri yechish kerakligi haqidagi tavsiyalarni illyustratsiya tarzida havola etadi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yana 17 kishida aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 641 taga yetdi.
Xitoydan olib kelingan koronavirus profilaktikasi va uni davolash uchun zarur dori-darmon hamda tibbiy jihozlar ortilgan yuk O‘zbekistonga yetib keldi. Ularni olib kelishda Xitoy kompaniyalari, futbolchi Odil Ahmedov, tadbirkor Gulbahor Tojimirzayeva va Alibaba Group asoschisi Jek Ma jamg‘armasi hissa qo‘shdi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev ijara beruvchilardan ijara pulini vaqtincha talab qilmay turishlarini so‘radi. Hokim vaqtinchalik to‘lanmagan ijara haqqi keyinchalik to‘lab berish sharti bilan ijarada turuvchi fuqarolarga taqdim etilishi adolatli bo‘lishini aytdi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish doirasida Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparati xarid qilingan. Xitoydan kasallikni aniqlovchi 200 ming dona va Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda
Adliya vazirligi nima uchun hozirgacha O‘zbekistonda favqulodda holat joriy qilinmaganiga izoh berdi.
Karantin vaqtida uyda qolib, onlayn xizmatlardan foydalanish uchun Uydaqoling.uz portali ishga tushirildi. Portalda ovqatlarga buyurtma berish, onlayn ish topish, mahsulotlar xarid qilish, tibbiy maslahatlar olish bo‘yicha internet-xizmatlari haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘ilgan.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.
O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlarni davolashda sog‘aygan bemorlar qon plazmasidan foydalanish bo‘yicha yangi usulning amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Saudiya Arabistoni, Rossiya va boshqa OPEK+ davlatlari 30 iyungacha neft qazib olishni kuniga 10 mln barrelga kamaytirishga kelishib oldi. 2022 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 6 mln barrelgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda. Kelishuvga qo‘shilishdan faqat Meksika bosh tortdi.
G‘uzor tuman prokurori Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting