Tarmoqlarda Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat o‘tayotgan qarshilik yigit vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Mudofaa vazirligi uning sog‘ligidagi shikoyat uchun klinik gospitalga yotqizilgani va operatsiyadan so‘ng yigitda biologik o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi.
Rossiya O‘zbekistondan qurilish, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoatga tashkiliy tarzda yollash orqali jalb qilingan mehnat muhojirlari soniga cheklov, shuningdek, majburiy emlash talabini olib tashladi.
Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hamda Qo‘qon shahrida qariyb 4,4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini saqlash va sotishga urinish holatlari aniqlandi.
Qirg‘iziston O‘zbekistonga So‘x anklaviga alohida koridor ajratmaydi, biroq davlatlar chegaradan o‘tish tartibini soddalashtirishga kelishib oldi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov. Xususan, ID-kartalar bilan (pasportsiz) harakatlanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.
AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Vladimir Norov unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.
Prezident 2016 yil dekabrdan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Tursinxan Xudaybergenovni o‘zining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari buyicha maslahatchisi etib tayinladi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova insta-bloger Sevinch Sa’dullayevani sudga berdi. Sud vaqtida bloger o‘z qilmishlarini boshqa takrorlamaslik hamda barcha video va fotosuratlarni o‘chirib tashlashga va’da berib, yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan, biroq 5 sutkaga qamalgan.
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu ikki kun ichida to‘rtinchi yer osti silkinishi.
Buxoro viloyati xalq ta’limi va ichki ishlar boshqarmalari Buxorodagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan kaltaklanishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda.
Qoraqalpog‘istonda «o‘z sohalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamagan» 15 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
15 dan 17 noyabrgacha Varshavada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari qatnashadi.
Poytaxtda yana Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirok etgan avariya sodir bo‘ldi. To‘rtinchi mashina esa — Labo. YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Humo Arena’da #wearethechildren xalqaro fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. U YUNESKO va Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan erta yoshdagi bolalarni tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi arafasida ochildi. Ko‘rgazmada Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikada olingan fotosuratlar o‘rin olgan.
Noqonuniy tadbirkorlarga yordam bermoqchi bo‘lgan «Oybek» chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi qo‘lga olindi. Shuningdek, xizmat lavozimini suiiste’mol qilgan Toshkent xalqaro aeroporti navbatchilik qismi boshlig‘i va «Qo‘qon» TIF bojxona postining bir nafar xodimi ham ishdan olindi.
DXX «Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi mansabdorlarining 1 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-toroj qilganini aniqladi. Sud hukmiga ko‘ra, ularga ozodlikdan mahrum qilish, ahloq tuzatish ishlari hamda boshqa jazo turlari tayinlandi.
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi mehmonxonalarga «yulduzcha» berishning yangi tahrirdagi davlat standarti loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, avval mehmonxonalar uchun majburiy bo‘lgan 97 ta talab 85 taga qisqardi.
Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada Kai K5 va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchisi jarohat bilan shifoxonaga yuborildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Senat a’zosi etib saylandi.
Ko‘plab xorijiy kompaniyalarning Rossiya bozorini tark etishi va mahalliy korxonalarning ularning o‘rnini bosishga tayyor emasligi ortidan Moskvada ofis binolarining 8,6 foizi bo‘sh qolmoqda. Aksariyat korxonalar o‘z biznesini O‘zbekiston, Qozog‘iston, BAA va Turkiyaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilmoqda.
Jurnalist Aziza Qurbonova Uchtepada gaz bosimi pastligini tanqid qilgach, post ostida tuman hokimligi nomidan qo‘pol izohlar qoldirishgani haqida yozgandik. Shundan so‘ng, tuman hokimligi bayonot berib, matbuot kotibi To‘rabek To‘rayev «his hayajonga berilib yozgan fikrlari» uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting