Covid-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston ta’lim muassasalariga 16 martdan ta’til beriladi. Ta’til vaqtida o‘quvchilar uchun televizion videodarslar tashkil etilishi belgilandi.
Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida (ayol kishi) COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 17 yoshli o‘quvchi qiz o‘z uyida osilgan holatda topildi.
Toshkentda huquqni muhofaza qilish organlari avtomobillar narxi oshirilishiga qarshi miting o‘tkazishga chaqirgan shaxsni qidirmoqda.
Prezident tashrifidan so‘ng Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida hokim o‘zgardi. Yangibozor va Xozarast tumanlarida ham hokimlarning yangilanishi kutilmoqda.
Toshkentdagi avtoservisda sodir bo‘lgan portlash va bino qulashi oqibatida ikki kishi vafot etdi, to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekiston 14 martdan Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan avialoqalarni to‘xtatib, Xitoy, Koreya Respublikasi, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolarining mamlakatga kirishini cheklaydi.
Prezident topshirig‘i bilan Eronga insonparvarlik yukini yetkazish uchun ajratilgan harbiy samolyotda u yerdagi 28 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan talabalar, tadbirkorlar va Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilar mamlakatga qaytariladi.
«Biz yolg‘on, balandparvoz gapirib shu ahvolga keldik. Prezidentga yolg‘on gapirish — Vatanga xiyonat», — dedi prezident Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda. U viloyat rivojlanishda orqada qolib ketganini ta’kidlab, tadbirkorlikni rivojlantirishni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
UzAuto Motors avtomobillari narxini ko‘tarishi «iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas», dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident avvaliga xalqning xarid qobiliyatini oshirish kerakligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.
Jurnalistika universitetida koronavirus bilan kasallanishning oldini olish maqsadida taktil aloqaning har qanday ko‘rinishi taqiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi OTM, maktab va bolalar bog‘chalari uchun tavsiyalar tarqatmoqda.
Germaniyadan kelgan ikki qozog‘istonlikda koronavirus aniqlandi, deya xabar qildi Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov.
Jahon banki va Shveysariya ko‘magi bilan 500 000 dan ortiq o‘zbekistonliklar sifatli suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Loyihalarni amalga oshirish uchun 239 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratildi.
Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors avtomobillari narxlari bo‘yicha tahlil o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Qo‘mita chet el mashinalarini olib kirganlik uchun boj miqdorini kamaytirishni so‘radi.
Yevropa Ittifoqi 2020−2030 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun 40 mln yevro ajratdi.
«O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, so‘m devalvatsiyasi, xom-ashyo narxining ko‘tarilishi va past marjaga qaramay, kompaniya avtomobillar narxlarining o‘sishini to‘xtatib turgan edi. U ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxini pasaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargani — dollarlarda aksariyat modellar 2017 va 2018 yildagiga qaraganda arzonroq ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun Eronga gumanitar yordam jo‘natish to‘g‘risida farmoyish qabul qildi.
Mart oyiga kelib O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari yil boshidagiga qaraganda 1,3 mlrd dollarga ko‘payib, 30,5 milliard dollarga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev koronavirus iqtisodiyot va boshqa sohalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. U aholi salomatligini mustahkamlash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting