Arxiv

Pulli to‘xtash joylarini joriy etishda aqlli yondashuv zarur — mutaxassislar
4 noyabr 2022, 13:07

Pulli to‘xtash joylarini joriy etishda aqlli yondashuv zarur — mutaxassislar

Ko‘pdan beri kechiktirilayotgan pulli to‘xtash joylari ertami-kechmi baribir joriy etiladi. Biroq muammoni kompleks hal etish zarur. Odamlar avtomobildan voz kechishi uchun normal jamoat transporti bo‘lishi, mashinalar hovlilarga kirib ketmasligi va, nihoyat, aholi bilan muloqot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak.

Toshkent va Olmaliqda advokat hamda adliya xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi
4 noyabr 2022, 12:58

Toshkent va Olmaliqda advokat hamda adliya xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

DXX tomonidan Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi va Toshkentdagi advokatlik firmasi advokati fuqarolardan pora olishda olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda soxta DXX xodimi qo‘lga olingani aytilmoqda
4 noyabr 2022, 12:09

Namanganda soxta DXX xodimi qo‘lga olingani aytilmoqda

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini DXX xodimi deya tanishtirgan shaxsni hibsga olgani aytilmoqda. Gumondor fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 10−11 noyabr kunlari yopiladi
4 noyabr 2022, 11:16

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 10−11 noyabr kunlari yopiladi

Samarqand shahrida 10−11 noyabr o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari yopiladi. Bundan tashqari, ushbu kunlarda Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi.

Dunyoda tartibsiz mashina qo‘yilishiga qarshi qanday kurashilgan va nimaga erishilgan?
4 noyabr 2022, 10:47

Dunyoda tartibsiz mashina qo‘yilishiga qarshi qanday kurashilgan va nimaga erishilgan?

Tartibsiz avtoturargohlarga qarshi kurashish maqsadida noyabrdan Toshkentda pulli to‘xtash joylarini joriy etish rejalashtirilgandi. Shu kabi choralar dunyoning turli shaharlarida haydovchilar qarshiligiga duch kelgan. «Gazeta.uz» uchta shahar — Oklaxoma-Siti, Moskva va Olmaota tajribasi haqida so‘zlab beradi.

Farg‘onada Mercedes bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi
4 noyabr 2022, 10:43

Farg‘onada Mercedes bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Beshariq tumanida Nexia va Mercedes ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmayapti
4 noyabr 2022, 10:42

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmayapti

O‘zbekiston banklari ikkilamchi sanksiyalar xavfi sabab «Mir» kartalari bo‘yicha to‘laqonli xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yishga hozircha tayyor emas, dedi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurotov.

Bekobodda Tojikiston fuqarosi 15 kg gashish bilan qo‘lga tushdi
4 noyabr 2022, 10:25

Bekobodda Tojikiston fuqarosi 15 kg gashish bilan qo‘lga tushdi

Bekoboddagi Tojikiston fuqarosi vaqtincha yashab kelayotgan xonadondan sotish uchun mo‘ljallangan salkam 15 kg gashish topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini yangiladi
4 noyabr 2022, 09:50

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini yangiladi

Tijorat banklari 4 noyabr kuni 1 dollarni 11 165 so‘mdan 11 185 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda sotishni boshladi.

AQSh O‘zbekistonga 50 ta yengil jangovar transport vositasini taqdim etdi
4 noyabr 2022, 08:55

AQSh O‘zbekistonga 50 ta yengil jangovar transport vositasini taqdim etdi

AQSh Markaziy qo‘mitasi 2,8 mln dollarlik 50 ta Polaris MRZR yengil taktik jangovar transport vositalarini O‘zbekiston mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar kuchlariga topshirdi.

Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga keldi
4 noyabr 2022, 08:48

Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga keldi

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida, jumladan, Samarqanddagi UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladigan obyektlar ko‘zdan kechiriladi.

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 noyabr 2022, 22:00

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganilishi, Samarqandda tug‘ilgan 4 egizak, Andijon suv omborini birga boshqaradigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston, pora bilan ushlangan Pskent prokurori yordamchisi, o‘zbekistonliklarni haqorat qilgan hind ishchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

YeTTB 18 ming talabaga yotoqxonalar qurish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatadi
3 noyabr 2022, 19:14

YeTTB 18 ming talabaga yotoqxonalar qurish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatadi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarga $115 mln qiymatidagi 18 ming o‘rinli 17 ta yotoqxona qurishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini maslahatchi sifatida jalb qilmoqda. Bank turar-joylarni qurish uchun investorlarni topishda yordam beradi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Andijon suv omborini birgalikda boshqaradi
3 noyabr 2022, 17:50

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Andijon suv omborini birgalikda boshqaradi

O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan Andijon (Kampir-Obod) suv ombori bo‘yicha bitimni imzoladi. Bundan tashqari, vazirlar prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ham muhokama qildi.

O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
3 noyabr 2022, 17:46

O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligida kripto-do‘kon tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish qoidalari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, kripto-do‘kon elektron platforma va savdo obyekti orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Qonunchilikda bunday faoliyat turi uchun har oy 6 mln so‘m to‘lov belgilangan.

Pskent tumani prokurori yordamchisi pora bilan ushlandi
3 noyabr 2022, 16:33

Pskent tumani prokurori yordamchisi pora bilan ushlandi

Pskent prokurori yordamchisi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishiga erishishni va’da qilgan.

Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi
3 noyabr 2022, 16:04

Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi

Prezident imzolagan qonunga ko‘ra, geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yiladi. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

AQSh FZT bazaviy stavkani 3,75−4 foizgacha oshirdi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
3 noyabr 2022, 16:00

AQSh FZT bazaviy stavkani 3,75−4 foizgacha oshirdi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

AQSh Federal zaxira tizimi asosiy stavkani yillik 3,75−4% etib belgiladi. Bu oxirgi 40 yil ichida mamlakatda kuzatilayotgan rekord darajadagi inflyatsiyaga (8,2%) qarshi ta’sir chora sifatida qabul qilindi. Buning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi — «Gazeta.uz» materialida.

2023-yil 1-iyuldan suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi
3 noyabr 2022, 15:48

2023-yil 1-iyuldan suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi

Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2023−2024-yillarda bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Birinchi bosqich 2023-yilning 1-iyulidan boshlanadi.

«G‘ishtko‘prik» postining o‘tkazuvchanlik quvvati oshiriladi (foto)
3 noyabr 2022, 14:54

«G‘ishtko‘prik» postining o‘tkazuvchanlik quvvati oshiriladi (foto)

Qozog‘iston bilan chegarada joylashgan «G‘ishtko‘prik — Jibek joli» nazorat-o‘tkazish punktini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi. Postga olib boruvchi yo‘l ham ta’mirlanadi. Ta’mirlash ishlari vaqtida post yopilmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting