«O‘zavtosanoat» Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive avtozavodi loyihasi yopilganini tasdiqladi. Bu yerda Volkswagen to‘rtinchi va beshinchi avlod Caddy avtomobillarini yig‘adi.
Prezident farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.
O‘zbekiston hozircha Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi, ammo ogohlantirish xatini qabul qilgan. Avvalroq PetroChina gaz importini koronavirus tufayli qisqartishi haqida xabar berilgandi.
Dam olish kunlari havo salqin bo‘lib, kechki harorat −1…−2 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
«O‘zagrokimyohimoya» boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus tarqalgani sababli Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi.
C.A.T. Science Accelerator ilmiy loyihalar startap-akseleratoriga kelib tushgan 253 ta arizadan 29 tasi tanlab olindi. O‘tgan yilgi akseleratorda ishtirok etgan uchta startap loyiha umumiy hisobda 200 ming dollar miqdoridagi investitsiyani qo‘lga kiritgan edi.
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnomalarni to‘xtatgani xabar qilindi. O‘zbekiston tomoni bu xabarga hozircha munosabat bildirgani yo‘q.
XTV ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tufayli maktab o‘quvchilari 15 martdan ta’tilga chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. O‘quvchilar har doimgidek 21 martdan yetti kunlik ta’tilga chiqariladi.
O‘zbekistonliklar uzoq payt kutgan yangilik yangradi — propiska tizimi bekor qilinadi. Ammo uning o‘rnini nima egallaydi? Yangi tizimning propiskadan farqi bormi?
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov avtokreditlash bilan faol shug‘ullanayotgan banklar hozircha xatarlarni anglab yetmayotganini ta’kidladi. MB foiz stavkasi 28−32 foizni tashkil etayotgan avtokreditlash bozorini barqarorlashtirish uchun choralar ko‘radi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga senator Gavhar Alimova hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Senatorlar jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlarga 30 foiz chegirma joriy etish va to‘lovlar muddatini 30 kungacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi lozim.
Asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi — O‘zbekiston Markaziy bankining izohi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va YeTTB rahbari Suma Chakrabarti infratuzilmalarni modernizatsiya qilish, bank sektori va sanoatning bir qator sohalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi. Bank O‘zbekistondagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor.
Deputat Bobur Bekmurodov hukumat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qat’iy choralar ko‘rish vaqti kelganini ma’lum qildi. U ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni cheklash hamda dorilar va tibbiy niqoblar eksportini ta’qiqlashni taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti va Rossiyaning «Lukoyl» neft kompaniyasi rahbari geologiya-qidiruv sohasida hamda uglevodorod konlarini, shu jumladan, qazib olinishi qiyin bo‘lganlarini o‘zlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Qonunchilik palatasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga Shavkat Abdurazzoqovning nomzodini tasdiqladi. Bungacha u Namangan hokimi bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi. XXHGKga a’zolik milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish, jumladan, xorijdagi fuqarolar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga imkon beradi.
Norvegiyalik mutaxassis Arild Dirsert O‘zbekistondagi tabiiy gaz uchun ichki narxning pastligi muammolarga sabab ekanini aytdi. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi gaz narxi tez orada oshirilishiga ishora bo‘layotganini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting