Jamoat kutubxonalari ham ish, ta’lim va ijod uchun jamoat joyi, ham ijtimoiy infratuzilma sifatida zarur. Iqtisodchi Botir Qobilov jamoat kutubxonalarining fuqarolik jamiyati qurilishi, ta’lim darajasining yaxshilanishi va har kimga imkoniyat taqdim etishdagi o‘rni haqida.
Joriy yilda Toshkentda qariyb 700 ta liftni ta’mirlash, 100 ta bolalar maydonchalarini qurish, shuningdek, bolalar bog‘chalari, maktablar, shifoxonalar va madaniyat markazlarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalar bilan tanishdi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida 81 tup daraxt kesib tashlandi. Quruvchida 70 tup daraxtni kesishga hokimiyat ruxsatnomasi bo‘lgan. Moratoriy munosabati bilan hujjat noqonuniy deb topilsa, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 630,4 mln so‘mni tashkil etishi mumkin.
Italiyalik boshlovchi aktyor va model Jorjo Geno Toshkentdagi kvartirasida jonsiz holatda topildi. O‘lim sabablari aniqlanmoqda.
2020−2022-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari ma’lum qilindi. Bu haqda iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichiga bag‘ishlangan konferensiyada fikr bildirgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasida mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olish jarayonini bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani ko‘rib chiqish boshlandi.
2001 yildan buyon huquqni muhofaza qilish organlarida ishlab kelayotgan Dada-Ali Zufarov Toshkent hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Jurnalist Davlat Nazar vafot etgan YTHda aybli deb topilgan haydovchiga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Marhumning turmush o‘rtog‘i sudlanuvchining voyaga yetmagan farzandini yakka boquvchisiz qoldirmaslikni so‘ragan.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari uchun belgilangan foizda order berishga mablag‘ ajratilmayapti. Ayni paytda order olish uchun katta navbatlar paydo bo‘lishiga ham shu omil sabab bo‘lmoqda, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Mo‘minov.
Juma va shanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, haroratning bir oz pastlashi kutilmoqda. Yakshanba kuni esa iliq va nam ob-havo hukmronlik qiladi.
Sanjar Yusupov Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi. Limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 mln dollarlik kredit jalb qilinadi.
Ukrainaning Poltava viloyatida aholi Uxandan keltirilganlarni joylashtirishga qarshi norozilik bildirdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri 14 kunlik karantin muddatini evakuatsiya qilinganlar bilan birgalikda o‘tkazishga qaror qildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezident litsenziya va ruxsatnomalar sonini ikki-uch martaga qisqartirish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi. Litsenziya aholi huquq va manfaarlari hamda jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sohalarda berilishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasiga «Usmon Mushafi» va boshqa noyob asarlar nusxalari hamda 350 dan ziyod turli mavzudagi kitoblarni taqdim etdi.
«Qishloq qurilish bank» rahbari Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, ichki ishlar polkovnigi esa hokim o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman, dedi prezident turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov doping sababli Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada-2020 litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.
Loukasterlar, qo‘l yukisiz va qaytarilmaydigan tariflar hisobiga aviachiptalar qariyb 20 foizga arzonlashtiriladi, deya ma’lum qildi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov yaqin istiqbolda Toshkent va Nurafshon o‘rtasida metro harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting