Xususiy maktablar o‘quvchilarining tashqi qiyofasiga qat’iy talablar qo‘yilishi bolalarning tanlash va o‘zini ifoda etish erkinligini cheklashga olib keladi, deb hisoblaydi «Yuksalish» Umumilliy harakati.
Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasida eski tramvay yo‘li o‘rnida 6,6 km masofada tezyurar avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Saudiya Arabistoni koronavirus tarqalishi tufayli ziyoratchilar uchun Makka va Madinaga kirishni to‘xtatdi.
Toshkentda 2,4 mlrd so‘mlik tovarlarni naqd pulga sotib, 471,7 mln so‘mlik QQSni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Seuldan kelgan yo‘lovchilar koronavirus sababli vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi.
Buxoro shahridagi savdo majmuasida yuzaga kelgan yong‘in natijasida 520 kv. m. maydondagi bino va mol-mulklarga zarar yetdi.
Prezident farmoni loyihasida 13 ta yirik davlat korxonasi, jumladan, «O‘zbektelekom», «O‘zavtosanoat», «Toshashahartransxizmat», «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqalarni isloh qilish taklif etilmoqda.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ikki kishi, jumladan, bir o‘spirin is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.
May oyidan boshlab Bo‘stonlik tumanida mototsikllar, paraplanlar, supa, so‘ri va boshqa dam olish ob’ektlari soliqqa tortiladi. Dacha va dam olish uylari esa maxsus guvohnoma asosida ijaraga beriladi.
Ombudsmanning o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi. Endilikda ushbu nomzod Senat tomonidan ham ma’qullanishi lozim.
Ombudsman yagona tergov qo‘mitasini tuzish taklifini bildirdi. U parlamentga bildirgan hisobotida shu haqda ta’kidlab, qo‘mitani tergovda qiynoqlar qo‘llanishiga barham berish yechimi sifatida ko‘rsatdi.
Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari koronavirus tufayli bekor qilinishi mumkin. Tashkiliy qo‘mita musobaqa davomida virus bo‘yicha xavfsizlikni kafolatlay olmasa, XOQ Olimpiadani bekor qiladi.
2021- yildan aksionerlik jamiyatlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari va yirik soliq to‘lovchilar majburiy tartibda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tadi.
Hududiy IIBlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi.
Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki xonadonda is gazidan o‘lim holati qayd etildi. Ulardan birida qishloq uyida o‘rnatilgan sandaldan chiqqan is gazidan 18 yoshli ayol olamdan o‘tdi.
Deputatlar to‘y va marosimlarni o‘tkazishga oid qonun loyihasini ma’qulladi. Endilikda tartibga bo‘lgan talabni buzganlar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ammo ayrim deputatlar muhokamada boshqa fikrlarni ham bildirishdi.
Ekologiya qo‘mitasi Andijonda havoni ifloslantirayotgan Sing Lida sement zavodi faoliyatini to‘xtatdi.
Misrning sobiq prezidenti, mamlakatni 30 yil boshqargan Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi.
Andijondagi gaz quyish shoxobchasida portlagan Nexia yana oltita avtomobilga zarar yetkazdi. Jiddiy tan jarohati olganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting