Bojxonachilar «Oqpanja gibbon» va olti bosh «Yavana makkakasi» zotiga mansub maymunlarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi. Jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
O‘zbekiston Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Fuqarolarga ushbu mamlakatlarga sayohat qilmaslik tavsiya etiladi.
Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olgani munosabati bilan 1 martdan Tokio va Rimga aviaqatnovlarni to‘xtatadi.
Maktab darsliklari: ular qanday yaratiladi, kim ularga buyurtma beradi va saralaydi hamda ular sifatini qanday qilib oshirish mumkin — Komil Jalilov maqolasida.
Bojxonachilar xonadonlardan birining yerto‘lasiga sertifikati bo‘lmagan 669 million so‘mlik tibbiy niqoblar yashirib qo‘yilganini aniqladi. Mahsulotlarni chet elda qayta sotish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Markaziy bank eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlarni muomaladan chiqarishini e’lon qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan O‘ktam Barnoyev hokimlikdagi mehnat jamoasi bilan xayrlashdi. Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Dohadagi Abdulaziz Kamilov prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va afg‘on muammosini hal etish masalalari yuzasidan strategik qarashini ma’lum qildi. U bu haqda «Xalq so‘zi»ga bergan intervyusida gapirib bergan.
Janubiy Koreyada koronavirus avj olgani munosabati bilan Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda.
Senatda teplovizor tutgan shifokor tashrif buyuruvchilarning tana haroratini tekshirmoqda. «Gazeta.uz» ushbu holatga aniqlik kiritdi.
Koronavirus infeksiyasi tufayli O‘zbekiston va Janubiy Koreya aviatashuvi qisman cheklanishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga cheklangan xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, jumladan, banklar, «Qo‘yliq», «O‘rikzor» va «Aviasozlar» kabi bozorlar, «Paxtakor» va «Neftchi» kabi futbol klublari, gazeta tahririyatlari va boshqalarni to‘liq xususiylashtirishni taklif qilmoqda.
Xitoyning AQSHdagi elchisi, tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan oliy martabali siyosatchi Yan Szechi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga borishni ham rejalashtirgan.
Abdulaziz Kamilov Dohada boshlagan Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda. Uning aytishicha, afg‘on muammosi mintaqa davlatlarining qayg‘usi. Vazir o‘rinbosari Ilhom Ne’matov muzokaradan so‘ng O‘zbekistonda uchrashuv tashkil etish bo‘yicha fikrini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yashnobod tumanidagi texnoparkka, jumladan «aqlli» gaz hisoblagich ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. Prezident korxona ishlab chiqarish bilan cheklanmay, ularni o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.
Beshta hududiy universitet negizida pedagogika institutlari tashkil etilmoqda. Bir qator pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim uch yilga qisqartiriladi.
Senat O‘zbekiston fuqaroligini olishning yangi tartib va talablarini ma’qulladi. Fuqarolikka qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida davlat tilini yetarli darajada bilish talabi joriy etildi.
Martning ilk kunlari quyoshli va iliq bo‘ladi — havo +23 darajagacha iliydi, biroq so‘ngra harorat pasayadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Turkiya armiyasi Idlibda o‘z harbiylarining halok bo‘lishi ortidan Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga javob zarbalarini berdi. Turkiyada mojarolar manzarasida ijtimoiy tarmoqlarga va YouTube videoxostingiga kirish cheklangan.
Sud Davlat test markazining «Gazeta.uz» va uning muallifi Komil Jalilovga qarshi sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini himoya qilish hamda 200 mln so‘m miqdorida ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting