Arxiv

Toshkentning 2 tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha gaz bo‘lmaydi
2 aprel 2024, 09:58

Toshkentning 2 tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha gaz bo‘lmaydi

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari tufayli poytaxtning Sergeli (10:00 dan 18:00 gacha) va Yangihayot (14:00 dan 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim joylarda gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Sport vaziri o‘rinbosari Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
2 aprel 2024, 09:43

Sport vaziri o‘rinbosari Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Durdona Rahimova Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bunga qadar sport vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi
2 aprel 2024, 09:30

Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

Isroilda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
1 aprel 2024, 23:17

Isroilda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

O‘n minglab odamlar Tel-Aviv va Quddus ko‘chalariga chiqib, Isroilda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish va HAMAS garovidagilarni ozod qilishni talab qildi. Bu namoyishlar G‘azo urushi boshlanganidan beri mamlakatdagi eng yiriklari bo‘ldi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlardan foydalandi.

Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi
1 aprel 2024, 22:50

Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni binolardagi himoya va asrab-avaylashga muhtoj mozaika va pannolar haqida xabar berishga chaqirdi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning to‘rtinchi raqamli shaxmatchisi bo‘ldi
1 aprel 2024, 22:27

Nodirbek Abdusattorov dunyoning to‘rtinchi raqamli shaxmatchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov FIDEning mart oyi yakunlari bo‘yicha rasmiy reytingida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi.

1-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
1 aprel 2024, 22:16

1-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

8 yil ichidagi eng past inflyatsiya, Germaniyadan olib kelingan haydovchilar, 5 baravarga ortgan budjet subsidiyalari, Turkiyadagi mahalliy saylovlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Energetika vazirligi: Metan uchun 3350 so‘mdan ziyod to‘lov qilgan bo‘lsangiz, uni qaytarishni talab qilish huquqiga egasiz
1 aprel 2024, 21:55

Energetika vazirligi: Metan uchun 3350 so‘mdan ziyod to‘lov qilgan bo‘lsangiz, uni qaytarishni talab qilish huquqiga egasiz

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-aprel kuni AGTKSHlarda metan 3800 so‘mdan sotildi, bu belgilangan chegara, ya’ni 3350 so‘mdan yuqori. Energetika vazirligi iste’molchilar shoxobchaga chek bilan qaytib, ortiqcha to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi.

Davlat organlari, sudlar va mahallalarni saqlash xarajatlari 24,5 foizga oshdi
1 aprel 2024, 21:27

Davlat organlari, sudlar va mahallalarni saqlash xarajatlari 24,5 foizga oshdi

2023-yil yakuniga ko‘ra, davlat organlari, adliya, prokuratura va sudlar, shuningdek, mahallalarni saqlash va NNTlarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 24,5 foizga oshib, 17 trillion so‘mni tashkil etdi. 2024−2025-yillarda ham ularni saqlash xarajatlarini oshirish rejalashtirilgan.

Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
1 aprel 2024, 18:59

Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

2021-yildan beri Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Iskandar Qutbiddinov ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.

Budjetdan ajratiladigan subsidiyalar 5 baravar ko‘paydi, ularning 76 foizi energetika va geologiya-qidiruv ishlariga yo‘naltirilgan
1 aprel 2024, 18:44

Budjetdan ajratiladigan subsidiyalar 5 baravar ko‘paydi, ularning 76 foizi energetika va geologiya-qidiruv ishlariga yo‘naltirilgan

O‘zbekistonda davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 2 yil ichida 5 baravarga — 5,63 trln so‘mdan 29,25 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) oshdi. 18 trln so‘m gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplashga, 1,02 trln so‘m geologiya-qidiruv ishlariga sarflangan.

Navoiy va Jizzaxda fuqarolarni noqonuniy tarzda AQShga yuborishga uringanlarga jinoyat ishi ochildi
1 aprel 2024, 17:32

Navoiy va Jizzaxda fuqarolarni noqonuniy tarzda AQShga yuborishga uringanlarga jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX Navoiy va Jizzax viloyatida reyd o‘tkazib, fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ulardan biri Meksika davlati orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarodan 14 ming dollar pul talab qilgan.

Solixon domla 15 sutkaga qamaldi
1 aprel 2024, 15:55

Solixon domla 15 sutkaga qamaldi

Solixon domla Ortiqxo‘jayev mayda bezorilik va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi. U uyiga IIO xodimlari kelganida “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, o‘tib ketayotgan fuqarolarning tinchini buzgan.

Qashqadaryoda sambochi To‘ra Avloqulov tanishi tomonidan otib ketildi
1 aprel 2024, 15:39

Qashqadaryoda sambochi To‘ra Avloqulov tanishi tomonidan otib ketildi

Shahrisabz shahrida faxriy sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Unga kafeda mast holdagi tanishi 50 ming so‘m ortidan kelib chiqqan janjal sabab o‘q uzgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

Davr Bank Germaniyaning DEG korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi
1 aprel 2024, 15:00

Davr Bank Germaniyaning DEG korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi

DEG korporatsiyasi va Davr Bank 23,5 mln dollarlik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Hamkorlik maqsadi kichik va o‘rta biznes subyektlarining loyihalari hamda ekologiyani saqlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi.

Turkiyadagi mahalliy saylovda muxolifat partiyasi g‘alaba qozondi
1 aprel 2024, 14:58

Turkiyadagi mahalliy saylovda muxolifat partiyasi g‘alaba qozondi

Turkiyadagi munitsipal saylovda 20 yil ichida ilk bor muxolif partiya g‘olib bo‘ldi. Barcha yirik shaharlar, jumladan, Anqara va Istanbulda muxolifat nomzodlari g‘alaba qozondi. Prezident Erdo‘g‘an partiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va xalq irodasini e’tiborsiz qoldirmaslikka va’da berdi.

Madaniyat davlat tomonidan boshqarilishi kerak bo‘lgan soha emas — rejissor Sarvar Karimov
1 aprel 2024, 14:47

Madaniyat davlat tomonidan boshqarilishi kerak bo‘lgan soha emas — rejissor Sarvar Karimov

Kinorejissor Sarvar Karimov “Gazeta.uz"ning “Mifonomika” loyihasida mehmon bo‘lib, soliq to‘lovchilarning pullarini kino sohasiga ajratish qanchalik o‘rinli ekani haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Davlat “30 yil shu narsani qilib ko‘rdik, demak, boshqacha yondashuv kerak”, deyishga kuch topa olishi lozim, deydi u.

O‘zbekistonda uch yilda bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi
1 aprel 2024, 14:37

O‘zbekistonda uch yilda bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi

O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi 7,8 foizga — 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizga kamaydi. Bolalar kambag‘alligining eng past darajasi Navoiy viloyati va Toshkent shahrida, nisbatan yuqori darajasi esa Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qayd etildi.

“Ona, avariyaga uchradim, meni qamab qo‘yishmoqchi”. Poytaxt IIBB firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi
1 aprel 2024, 13:08

“Ona, avariyaga uchradim, meni qamab qo‘yishmoqchi”. Poytaxt IIBB firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi

Toshkent IIBB firibgarlikning yangi turidan ogoh etdi. Bunda noma’lum shaxs qariyalarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga o‘zini qizi yo nevarasi deb tanishtiradi va YTHga uchraganini aytadi. Telefonni soxta tergovchi olib, hodisaga qariyaning yaqini sababchiligini bildiradi va qamoqqa olmaslik uchun pul so‘raydi. Batafsil.

Toshkentda yo‘lovchi ayolning oyog‘ini ushlab, shilqimlik qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi
1 aprel 2024, 12:34

Toshkentda yo‘lovchi ayolning oyog‘ini ushlab, shilqimlik qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda mashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan ayolning qaddi-qomatini tavsiflab, oyog‘ini ushlagan 30 yoshli haydovchi 5 sutkaga qamaldi. Sudda haydovchi “skorost”ga urayotganida qo‘li ayolning oyog‘iga tegib ketganini aytgan. Ayol esa suhbatni yozib olganini bildirgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting