Avgust yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda inflatsiya 0,5 foiz darajasida qayd etildi. Yillik inflyatsiya 10,47 foiz darajasida saqlanib qoldi. Propan (20,2%), mol go‘shti (5,3%) va qo‘y go‘shti (4,9%), kartoshka (5,5%) keskin qimmatlashdi. Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etmoqda.
SHHT va MDH makonida kechayotgan murakkab harbiy-siyosiy jarayonlar davlatlardan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni birlashtirishni talab qilmoqda, dedi O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov. U, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam berish muhimligini ta’kidladi.
Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, qonun ustuvorligi prinsipiga og‘ishmay rioya etish terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning fundamental asosidir. Bu haqda prezident Toshkentdagi SHHT MAT va MDH AM konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.
2028-yilgacha O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Shuningdek, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi.
2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.
O‘zbekistonda maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Toshkentdagi jamoat transporti va ko‘chalar ertalabdan gavjum bo‘ldi, biroq yirik tirbandliklar kuzatilmadi (maktablar yaqinidagilardan tashqari). Aksariyat OTM talabalari o‘qishni keyingi haftadan boshlaydi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.
Toshkentda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ish boshladi. U Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh), YUNISEF va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 10 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal olgan Kubaro Hakimova disk uloqtirish bahslarida qatnashadi. Taqvim.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy 5−6-sentabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. U Toshkentda “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda suhbatlashdi. Prezident bu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi.
Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voytsexovskiy 5−6-sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U hukumat vakillari bilan uchrashadi va dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha forumda nutq so‘zlaydi.
Sud SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik fuqaroga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ish materiallariga ko‘ra, u Telegram`dagi guruhda “O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekani va sobiq Sovet Ittifoqi rasman tarqalmagani” haqidagi materiallar joylashtirgan.
Mingbuloq tumanining sobiq hokimi Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U iyul oyida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda faoliyatidagi tizimli kamchiliklari uchun ishdan olingandi. 2020-yilda esa fermerlarni so‘kkani uchun jarimaga tortilgan.
Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. U ko‘plab jahonga mashhur suratlar (jumladan, “Boysun madonnasi”) va Toshkentdagi monumental pannolar (“Paxtakor” metro bekati, “Xalqlar do‘stligi” saroyi va boshqalar) muallifi hisoblanadi.
Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining 10-xalqaro konferensiyasi hamda MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha 2-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar doirasida MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror-2024” qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 6 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
Anqara shahrining Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykali ochildi. Bungacha shoir haykali dunyoning 10 ga yaqin shahrida o‘rnatilgan.
Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik — olti erkak va bir ayol halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.
Umumxalq hashari bahona Toshkent shahar Yakkasaroy tumani aholisi “Do‘stlik” bog‘ida shanbalik o‘tkazdi. “Gazeta.uz” ular bog‘ni nima uchun o‘z tashabbuslari bilan tozalayotganliklariga qiziqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting