Abdulla Aripov 2020-yilda davlatga qarashli Humo Air aviakompaniyasi tashkil etilishini e’lon qildi, uning tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi.
Toshkent prokuraturasi dizayner Nariman Grigoryan o‘limida gumonlanayotgan shaxs qamoqqa olinganini xabar qildi.
1 martdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.
Kobul hokimi o‘rinbosari Muhammad Fozil Sharifiy Afg‘oniston poytaxti ma’muriyati Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qo‘shilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Shanba kuni yog‘ingarchiliklarsiz o‘tishi, yakshanbada esa ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Saratov viloyatida mikroavtobus ishtirokidagi avtohalokatda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi.
IIV YHXBB O‘zbekistonda YTHlarning hududlar kesimidagi to‘liq statistikasi va avariyalar sabablarini e’lon qila boshladi. Yilning dastlabki 10 kunida 107 ta avariya natijasida 35 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohat oldi.
Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo markazida yuz bergan yong‘in natijasida 6 ta kiyim do‘koni to‘liq yondi, yana 14 ta do‘kon jiddiy zarar ko‘rdi.
2010 yildan beri Federal Soliq xizmatini boshqarib kelayotgan Mixail Mishustin Rossiya hukumatiga rahbar bo‘ldi. Uning nomzodi Davlat Dumasi deputatlarining 85,1 foizi tomonidan ma’qullandi.
SSP palataga majburiy a’zolik doirasini kengaytirishga qaratilgan tuzatishlar faqatgina yirik tadbirkorlik subyektlariga taalluqli ekanini ma’lum qildi.
Yoshlar press-klubining navbatdagi sessiyasida Davlat test markazi direktori Majid Karimov 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi asosiy vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ilmiy-ma’rifiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor ko‘prigida Nexia Lifan bilan to‘qnashdi, sedanning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Talimarjon issiqlik elektr stansiyasidagi texnik nosozliklar bartaraf etilmoqda, hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Jizzaxda gaz quyish shahobchasida sodir bo‘lgan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.
Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
IBF yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov hamda rossiyalik Sergey Lipins o‘rtasida bo‘ladigan chempionlik jangini rasman tasdiqladi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting