UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari narxlarini e’lon qildi. Trailblazer va Equinox uchun shartnomalarni tuzish 27 dekabrdan boshlandi.
Bek Air kompaniyasining «Olmaota-Nur-Sulton» reysi samolyoti parvoz paytida quladi. Bortda 100 kishi bo‘lgan. 9 kishi o‘lgani haqida xabar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.
Germaniyaning Airport Research Center kompaniyasi va Rossiya Fuqaro aviatsiyasi innovatsion markazi O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati!» shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida axborot berildi.
Prezident Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldida ijod maktabi va muzeyga tashrif buyurdi. Boqqa kiraverishda haykal o‘rnatildi.
«Yandeks» ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi tirbandliklarning o‘rtacha bali yil davomida avgustdagi 4,5 dan aprelda 5,8 gacha atrofida bo‘ldi. Noyabr oyi oxiridagi ertalabki yaxmalak 9 ballik tirbandlikni keltirib chiqardi.
Ikki yil davomida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy gips o‘rniga 351 tonna qurilish gipsi ishlatilgan, dedi bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev.
Prezident investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Chet ellik va mahalliy investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi.
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari va tavsiyalari saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishda hisobga olinishini ma’lum qildi. 2020 yil yozgacha MSK bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat mexanizmlarini yo‘qligini tanqid qilib, ular samaradorligini baholashning yangi tizimini yaratish vazifasini qo‘ydi.
UzAuto kompaniyasi Chevrolet`ning to‘rtta — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etdi. Trailblazer savdosi 26 dekabrdan, Traverse, Tahoe va Equinox esa 2020 yildan boshlanadi.
Prokuratura va DXX xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortishda endilikda rahbariyatning ruxsati talab qilinmaydi. O‘zbekiston prezidenti bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.
Davlat soliq qo‘mitasi yer osti yo‘llari, ko‘priklar, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida va avtoturargohlarda cavdo qilishni taqiqlashni taklif etdi.
Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi uchta okrugda bayonnomalarda arifmetik xatolarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Takroriy saylovlar avval xabar qilinganidek 22 ta emas, balki 25 ta saylov okrugida bo‘lib o‘tadi.
Yangi yil munosabati bilan Toshkentning 14 joyida bayram sayllari o‘tkaziladi.
Milliy terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Vadim Abramov esa eng yaxshi murabbiy deb tan olindi.
Yunusobod metrosining ikkinchi bosqichi yil oxirigacha emas, balki «loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq» foydalanishga topshiriladi.
Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik talabalarning uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
BMTning biometrik hujjatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik vizasiz rejim belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting