Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Ontarioda (Kanada) yengil motorli samolyot qulashi natijasida yetti nafar o‘zbekistonlik, jumladan uch bola hayotdan ko‘z yumdi. Falokatga yomon ob-havo sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Guliston shahrida joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida uchta mashina butunlay yonib ketdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Qozog‘istonning birinchi prezidenti — elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.
Romitan tumani DSI inspektori Sunnat Jumayev -2 daraja sovuqda kanalda cho‘kayotgan 3-sinfida o‘quvchisini qutqarib qoldi.
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev professional ringda to‘rtinchi jangini amerikalik Vaugin Aleksanderga qarshi olib boradi.
Turkmaniston prezidentiga ilm-fanni rivojlantirish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademigi unvoni berildi.
Energetika vazirligi katta avariyalarning oldini olish uchun bir qism iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilishini ma’lum qildi. Vazirlik energiyadan oqilona foydalanish, foydalanilmayotgan paytda elektr jihozlarini uzib qo‘yish zarurligini eslatib o‘tdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda u «Tolibon» kelishuvga erishishni xohlayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki davlat munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga uning o‘zbek tilida nashr etilgani kitobini sovg‘a qildi.
Metan quyish shoxobchasi yopilgani sababli bir kundan beri navbat kutayotgan haydovchilar «Toshkent-Guliston» yo‘lini to‘sib qo‘ydi.
Qurilish kompaniyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 42-maktabni kapital ta’mirlashda 240 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-taroj qilgani aniqlandi.
«KamAZ» Samarqand viloyatida yangi yig‘ish liniyasini ochib, ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi.
Tergov departamenti Samarqandda vafot etgan erkakning kaltaklanishida olti kishi ishtirok etganini ma’lum qildi.
Farg‘ona shahrida 600 million so‘m evaziga Olimpiya sport majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Qashqadaryoda ikki oiladan jami to‘qqiz kishi is gazidan zaharlandi. Ular ko‘mir va tandir cho‘g‘idan uyni isitish maqsadida foydalangan.
2020−2022 yillarda umumta’lim maktablarining «Zamonaviy maktab» loyihasi doirasida qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va jihozlanishi uchun 4,05 trln so‘m ajratiladi.
SamAuto zavodida Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarish boshlandi. Yangi model uchta modifikatsiya va yetti rangda savdoga chiqariladi, narxlar 270−380 mln so‘m atrofida bo‘ladi.
Nukus tumanidagi Shortanbay ovuli aholisi avtomobil yo‘lini to‘sib, g‘ildiraklarga o‘t qo‘ydi. Bunga gaz yetkazib berilmayotgani sabab bo‘ldi. Hokimiyat ko‘mir va gaz ballonlari yetkazib berdi va gazni ulash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
2020 yildan Majburiy ijro byurosi suv ta’minoti uchun qarzdorlikni undirish bilan shug‘ullanmaydi. Bu ish bilan «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi shug‘ullanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting