Arxiv

Qirg‘izistonning yangi elchisi ish boshladi
26 aprel 2022, 12:01

Qirg‘izistonning yangi elchisi ish boshladi

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Musa Jamanbayev ish boshladi. Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov qabul qilib oldi.

Samarqandda qariyb 5 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
26 aprel 2022, 11:42

Samarqandda qariyb 5 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Samarqanddagi mehmonxonada 4892 dona «Repagen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini $7500 va 4,5 mln so‘mga sotishda gumon qilingan shaxslar ushlandi.

Tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari va pediatriya postlari joriy etiladi
26 aprel 2022, 11:39

Tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari va pediatriya postlari joriy etiladi

Prezident qarori bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi pediatriya postlari joriy etiladi. Shuningdek, 1 maydan poliklinikalarda bolalar bo‘limlari ish boshlaydi.

Nishon tuman XTB bosh mutaxassisi tadbirkordan $5400 pora olayotganda ushlandi
26 aprel 2022, 11:06

Nishon tuman XTB bosh mutaxassisi tadbirkordan $5400 pora olayotganda ushlandi

Nishon tuman Xalq ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan maktabning eski binosini buzish huquqi uchun 5400 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U pullarni olgan vaqtida ushlangan.

“Qadrli toshkentliklar, shinam, ko‘rkam, zilzilaga bardoshli uy — sizlarga sovg‘a”. Ittifoq respublikalari yangi Toshkentni qanday qurishgan?
26 aprel 2022, 10:09

“Qadrli toshkentliklar, shinam, ko‘rkam, zilzilaga bardoshli uy — sizlarga sovg‘a”. Ittifoq respublikalari yangi Toshkentni qanday qurishgan?

1966 yil 26 aprel kuni erta tongda Toshkent dahshatdan larzaga tushdi. Taxminan 8 ballik zilzila butun ko‘cha va mavzelarni yer bilan yakson qildi. Vayron bo‘lgan poytaxtni qayta tiklash uchun O‘zbekiston viloyatlari va butun Sovet ittifoqi quruvchilari Toshkentga oshiqdilar. Shaharning turli qismlarida “Butunittifoq hashari” usulida qurilgan uylar bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ayrimlarining yon va old tomonlari esdalik yozuvlar bilan bezatilgan. "Gazeta.uz" 1966−1970-yillardagi binolarning shahar arxitekturasi va aholi madaniyati uchun qanday ahamiyati va qiymati borligini tahlil qildi.

Ilon Mask Twitter`ni $44 mlrdga sotib oladi
26 aprel 2022, 08:46

Ilon Mask Twitter`ni $44 mlrdga sotib oladi

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 mlrd dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. «Umid qilamanki, hatto mening eng yomon tanqidchilarim ham Twitter`da qolishadi, chunki aynan shu so‘z erkinligini anglatadi», — deb yozdi Mask. Eslatib o‘tamiz, Twitter O‘zbekistonda hanuz bloklangan tarmoqlar sirasiga kiradi.

Ukrainada 11 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi. Ular mart oyining boshidan beri qidirilmoqda
25 aprel 2022, 23:08 1

Ukrainada 11 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi. Ular mart oyining boshidan beri qidirilmoqda

Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgan edi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmadi. Elchixona ularni qidirmoqda. «Gazeta.uz» bedarak yo‘qolganlardan birining ukasi bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlar nomlari ma’lum qilindi
25 aprel 2022, 22:16

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlar nomlari ma’lum qilindi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Rossiyadan pul o‘tkazmalari qisqarishi fonida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlarni baholadi. Polsha, Bolgariya, Litva, Chexiya hamda boshqa Yevropa va Osiyo davlatlari migratsiyani rivojlantirish uchun jozibador yo‘nalishlar deb nomlandi.

25 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 aprel 2022, 22:00

25 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda OITSga chalinib bemorlarni davolab kelgan stomatolog, Emmanuel Makronni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan Shavkat Mirziyoyev, test topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangani, 9 mayda o‘tkazilmaydigan harbiy parad, Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘llagan prezident, Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Belarus va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 25 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Litsenziya olish jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmagan — SES «Guangjou» klinikasi haqida
25 aprel 2022, 21:55

Litsenziya olish jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmagan — SES «Guangjou» klinikasi haqida

SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov «Guangjou» klinikasining Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi filiallari litsenziya olishi jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmaganini ma’lum qildi. Agarda noqonuniy holat kuzatilsa, litsenziya berilmagan bo‘lardi, deya ta’kidladi u.

Malakasi yetarli bo‘lmagan haydovchilar mashinani maxsus belgi bilan haydaydi
25 aprel 2022, 21:30

Malakasi yetarli bo‘lmagan haydovchilar mashinani maxsus belgi bilan haydaydi

1-maydan boshlab ikki yildan kam haydovchilik tajribasiga ega haydovchilarning avtomobillarida maxsus “Haydovchilikni endi boshlagan” belgisi bo‘lishi shart.

Nikohlanuvchilar o‘z hisobidan genetik tekshiruvdan o‘tishadi
25 aprel 2022, 18:12

Nikohlanuvchilar o‘z hisobidan genetik tekshiruvdan o‘tishadi

2023-yil 1-iyuldan nikohlanuvchilar genetiklarning xulosasi bilan turmush qurishadi. Bunda fuqarolar reproduktiv salomatlik markazlari orqali o‘z hisoblaridan molekulyar-genetik testdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Belarus Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasida ishtirok etish istagida
25 aprel 2022, 18:06

Belarus Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasida ishtirok etish istagida

Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvay qurish loyihasida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Belarus tomoni infratuzilma, loyihalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq yechimlarni taklif qilmoqda. «Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», — dedi Golovchenko.

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston termasi Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
25 aprel 2022, 17:48

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston termasi Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 8 medal — 2 kumush va 6 bronza medali bilan yakunladi.

«Metalloinvest» O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘radi
25 aprel 2022, 17:35

«Metalloinvest» O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘radi

USM xoldingi tarkibiga kiruvchi «Metalloinvest» kompaniyasining Toshkent metallurgiya zavodi aksiyadoriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘ragan. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov hukumat ushbu masalani o‘rganishini bildirdi.

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi
25 aprel 2022, 17:28

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikada harbiy parad o‘tkazish nazarda tutilmagani ma’lum qilindi. Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Mamadaliyev oldingi yillar ham bunday namoyishlar bo‘lmaganini aytdi.

XMK O‘zbekistonga shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi
25 aprel 2022, 16:40

XMK O‘zbekistonga shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning bir qator hududlarida 500 MVt gacha quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tuzilmasini shakllantirishda maslahat beradi.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 aprel 2022, 15:39

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
25 aprel 2022, 15:37

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Avvalroq unga qo‘mita huzuridagi Fiskal institut rahbarligi ham yuklatilgan edi.

Davlat geologiya qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi
25 aprel 2022, 15:31

Davlat geologiya qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi

Davlat geologiya va mineral resurslari davlat qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi. Uning boshlang‘ich bahosi 75,6 mlrd so‘m etib belgilangan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting