Bulung‘ur tuman IIBda jinoyat haqida xabar bergan va tezkor tadbirda ishtirok etgan erkakning yuragi xuruj qildi. U shifoxonada vafot etdi.
Yevroittifoq delegatsiyasi o‘z bayonotida xizmat vazifasini bajarayotgan jurnalistlar xavfsizligi ta’minlanishi zarur ekanini ta’kidladi.
Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Sinov tariqasida to‘rtta vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimlari tanlov asosida tayinlash tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
Toshkentda jami 10,5 mln so‘mlik katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Avtotransport vositalari va ulardagi fuqarolarni Davlat chegarasidan o‘tkazishning chegaralangan muddatlari belgilandi. Endi chegaradan o‘tish vaqti 30 daqiqadan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCH-2022 saralash bosqichi o‘yinida Falastin jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Hujumchi Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.
Kun.uz Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan suhbatni to‘liqroq qismini e’lon qildi. Birinchi audioyozuvning turli parchalarning birlashtirilgani ekani ma’lum bo‘ldi. Shahar hokimi tahdidlar haqida gapirgan, biroq bunday qilmasligini ta’kidlagan.
Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan ikkita omborxona yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Sankt-Peterburgda ekstremistik maqsadlarda O‘zbekiston fuqarosini kaltaklashda gumon qilinayotgan uch o‘smir qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda aktrisa Gavhar Sharipova vafot etdi.
Hukumat qarori bilan transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlari transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqarishiga ruxsat berildi.
61 nafar fuqaroning 1,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan «A.U.G.» MCHJ ta’sischisi va rahbariganisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xitoyning «HengBang Textile» kompaniyasi Namanganda ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollar bo‘lgan korxona qurmoqchi.
Sharof Rashidov tumani XTBga qarashli 21-maktabida o‘quvchilar kaltaklangani yuzasidan IIB hamda prokuratura xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi barcha qo‘mitalarning navbatdagi yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasining davlat byudjetining 2019 yil bo‘yicha 9 oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.
Samarqand shahrida quvurni ta’mirlayotgan ikki nafar yollanma ishchi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Samarqand «Suvoqova» DUK ushbu masalaga munosabat bildirdi.
Farg‘onada YHXB Yo‘l-patrul xizmati xodimining xizmat faoliyatiga aralashib, qonuniy talablariga bo‘ysunmay, uni urmoqchi bo‘lgan fuqaroga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Prezident farmoni bilan millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston — Falastin uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida qatnashdi. U Odil Ahmedovga qaratilgan tanqidlar, futbolchilarning holati haqidagi savollarga javob berdi.
Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Baxtiyor Berdialiyev va podpolkovnik Oybek Qulbekov yangi lavozimga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting