Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Chegara qo‘shinlari yosh yigit chegarchilar tomonidan kaltaklangani yuzasidan izoh berar ekan, uning qonunbuzarlik sodir etilgan joyda harbiylarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganini ma’lum qildi.
Andijon viloyati hokimi paxta terimiga targ‘ib qilingan she’rlari uchun shoir Sharofiddin Boltaboyevga Nexia avtomobili sovg‘a qildi.
O‘zbekiston Turkiya bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomani tayyorlashni tezlashtirish maqsadida.
Toshkent IIBB ko‘magida ichki ishlar bo‘limlari yaqiniga 78 ta mushuklar uchun uychalar joylashtiriladi.
Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari qalbaki diplomni 2 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.
Prezident qarori bilan Olimjon To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qarorga binoan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda qo‘llaniladi.
Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti bir fuqaroni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Bahodirjon Shermuhammadov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident «Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat Markaziy bankka erkin shakllanuvchi almashuv kursi rejimi sharoitida ichki valyuta bozoriga intervensiyalarning faqatgina valyuta kursining keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida amalga oshirishga ruxsat beradi.
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida yashagan fuqaro turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yashash uyida arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Quyichirchiq tumanidagi uyda ikki kishining o‘limiga, to‘rt kishining jarohatlanishiga olib kelgan portlashga yer osti gaz quvuridan gazning kanalizatsiya tizimi orqali sizib chiqishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi noyabr oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Nursulton Nazarboyev hal qilinmagan masalalar borligini aytib o‘tdi.
Bosh prokuratura qolipli non narxi oshishiga sabab bo‘lgan omillarni sanab o‘tdi: yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlarining o‘sishi, unning yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotgani va boshqalar.
Human bandlik agentligi rahbarining ozodlikda yurgani va moddiy zararlarni qoplamayotgani haqidagi xabarlar asossiz, deya xabar qildi Tergov departamenti.
Toshkentda tirbandliklarni oldini olish maqsadida Singapurdagi muvaffaqiyatli tajribadan o‘tkazilgan «vafel chizmasi» tashkil etilmoqda.
Umumiy maydoni 70 gektardan ortiq bo‘ladigan «Nukus city» shaharchasida 16 qavatli uylar, 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, ko‘ngilochar maskanlar, banklar, savdo do‘konlari quriladi.
Buxoro shahrida YPX inspektorining ko‘krak nishoni, radioaloqa vositasi hamda jezel tayog‘ini tortib olgan fuqaroga 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Hukumat qarori bilan Abdug‘affor Qirg‘izboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting