Nogironligi bor va harakatlanishi cheklangan fuqarolar madaniy hayotda ishtirok etishda teng huquqlimi? Madaniyat muassasalarida ular uchun qanday sharoitlar yaratish mumkin? Toshkentdagi sakkizta madaniyat muassasasida sharoitlar monitoringi o‘tkazildi.
O‘zbekiston futbolchilari Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida qirg‘izistonlik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekistonda xususiy tug‘ruqxonalar faoliyatiga ruxsat berildi.
Xitoy O‘zbekistonda diabet, gipertoniya, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurishni rejalashtirmoqda. Buning uchun 100 million dollar sarmoya kiritiladi.
Braziliya sudi korrupsiyada aybdor deb topilgan mamlakatning sobiq prezidenti Luis Ignasio Lula da Silvaning ozod qilinishi haqida qaror chiqardi.
Yangiyer erkin iqtisodiy zonasi hududida xitoylik va afg‘onistonlik investor ishtirokidagi loyihalar qurilishiga start berildi.
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Nodira Qodirovaning o‘limi yuzasidan tushuntirish olish maqsadida TIVga chaqirildi.
Xususiy bandlik firmasi rahbarlari 645 fuqarodan jami 12 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘larni qo‘lga kiritib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgani aniqlandi.
Siyosiy partiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi uchun nomzodlar ro‘yxtani e’lon qildi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning qator hududlarida sovuq tushishi munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolarini mazkur mamlakatdan o‘tishda ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
«Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov 7 dekabr kuni UFC Fight Night doirasida amerikalik Trevor Smitga qarshi jang qiladi.
Zikirilla Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi.
Samarqand shahar 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ayrim sinfxonalaridagi ta’mirtalab holati aks etgan video haqiqiy emasligi ma’lum qilindi.
14 kun davomida qayerda ekani noma’lumligicha qolgan Abdulloh Tohirov ozod qilindi. Bu haqda uning otasi Dilmurod Tohirov xabar berdi.
«Adolat» partiyasi Andijon viloyat IIBga chaqirilganidan keyin bedarak yo‘qolgan Abdulloh Tohirov ishida qonunlarni oyoq osti qilmaslikka chaqirdi.
Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi Abdulloh Tohirov Andijon viloyat IIBga chaqirilganidan so‘ng bedarak yo‘qoldi. Uning otasi o‘g‘lining yo‘qolishini huquqni muhofaza qilish organlarining yuqori lavozimli xodimi avtomobilini videotasvirga olgani bilan bog‘ladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mansabdor shaxslari 15,3 mlrd so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi.
9 noyabr kuni Toshkentning Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.
Qolipli non narxi O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2000 so‘mdan oshdi. Prezident non ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting