Toshkentda tirbandliklarni oldini olish maqsadida Singapurdagi muvaffaqiyatli tajribadan o‘tkazilgan «vafel chizmasi» tashkil etilmoqda.
Umumiy maydoni 70 gektardan ortiq bo‘ladigan «Nukus city» shaharchasida 16 qavatli uylar, 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, ko‘ngilochar maskanlar, banklar, savdo do‘konlari quriladi.
Buxoro shahrida YPX inspektorining ko‘krak nishoni, radioaloqa vositasi hamda jezel tayog‘ini tortib olgan fuqaroga 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Hukumat qarori bilan Abdug‘affor Qirg‘izboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.
Xalq ta’limi vaziri o‘quvchilar uchun ID-kartalar tizimini joriy etish ishlari qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi. Mazkur kartalar bank va boshqa tizimlar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Rishtonda hammomdagi qo‘lbola pechga ulangan gaz o‘chib-yonishi oqibatida voyaga yetmagan opa-singil tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida lo‘li millatiga mansub 3200 nafar fuqaro uchun 780 ta uy qurildi. Davlat buning uchun 150 mlrd so‘m ajratdi.
Hukumat va BMT ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun integratsiyalashgan yondashuvni joriy qilishga qaratilgan qo‘shma dasturni amalga oshiradi.
Qarshida bir ayol besh erkak tomonidan zo‘rlandi. Barcha gumondorlar qo‘lga olindi.
Zarafshonlik fuqaro saksovul kesgani uchun ushlandi va 2,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,7 mln so‘mni tashkil etdi.
Tashkent City bog‘ida ekoinspektorlar pista po‘choqlarini yerga tashlagan yigitga 111,5 ming so‘m miqdorida jarima soldi. Andijonda bir martalik qog‘oz stakanni yerga tashlagan erkak kishi ham shuncha miqdorda jarima to‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev «Valday» xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi ishtirokchilariga qutlovida O‘zbekiston savdo, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya, innovatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi sohasidagi, yirik transmintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Aktyor Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi sayyohlik brendining elchisi etib tayinlandi.
Prezidentning tibbiyotga oid qarori bilan uchta markaz va bo‘limlar tashkil etildi.
Faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun G‘uzor tumani hokimi S.Boboqulovga xayfsan berildi. Fayzulla Yusupov Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasiga ham prezidentlik qiladigan bo‘ldi.
«IIB xodimi soqol qo‘ygan yigitni zo‘rlik bilan bo‘limga olib ketmoqda» nomli video yuzasidan IIV rasmiy bayonot berdi: ushbu xodim lavozimidan chetlatilib, quyi tizimga tushirildi.
Xo‘jayli tumanida firibgarligi uchun 5 marta sudlangan ayol hokimning opasiman deb bir tadbirkorni 645 mln so‘mga chuv tushirdi.
Toshkent viloyatidagi xususiy uyda gaz sizib chiqishi portlashga sabab bo‘ldi. Ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi.
Hafta oxiriga qadar O‘zbekiston hududi salqin havo oqimi ta’siri ostida qoladi, yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting