Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. ning uyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uy bekasi vafot etdi.
XTVning huquqiy nazorat xizmati xodimlari Yuqorichirchiq tumanidagi 31-maktabning pedagog xodimlarini obunaga majburlanganini aniqladi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ikki agentlik, bittadan qo‘mita va jamg‘arma tashkil etildi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi.
Nodir Jo‘rayev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Farg‘ona viloyatida Tico kanalga tushib ketdi, unda ketayotgan keksa er-xotin halok bo‘ldi.
Fermerni kaltaklab, uning hisob raqamidagi 25 mln so‘mni majburan boshqa fermer xo‘jaligiga o‘tkazgan Olot tuman hokimi bu ishni shaxsiy manfaati yo‘lida qilmaganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirladi.
YeTTB Tallimarjon IES uchun quvvati 900 MVt bo‘lgan gaz turbinalarini o‘rnatish uchun 240 mln dollargacha miqdorda kredit ajratmoqda.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligining davlat xaridlari va litsenziyalash bo‘yicha vakolatlari boshqa davlat idoralariga o‘tkazildi.
Markaziy Osiyo va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston velopoygachilari Jakartadagi Osiyo chempionatida yetti medalni qo‘lga kiritdi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tadbirda ikki fuqaroning noqonuniy tovarlarlar saqlayotgani aniqlandi.
Hukumat qarori bilan «O‘zagroservis» AJ xodimlari ham Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.
O‘zbekiston futbolchilari 2019-yilgi Osiyo Kubogida Turkmaniston darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi. Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi.
Bosh prokuratura Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 23 yoshli yigitning o‘z joniga qasd qilishiga tuman hokimiyatidagi yig‘ilishning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
55 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston hududida Toshkentdan Krasnoyarskka yo‘l olgan nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi.
Toshkentda ilk marotaba «Alpomish» dostoni to‘liq jonli ijro etiladi. Doston kechalari 5 kun davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting