Andijon, Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida mikroGESlar qurish uchun yangi maydonchalar tanlandi. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi 19 ta ob’ekt quriladi.
Boshqaruv lavozimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat xizmatchilari uchun majburiy kasb etikasi kursini joriy etish taklif qilinmoqda.
Hindistonning Jaysalmer shahri markaziy stadionida «Armi-2019» xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar sovrindor bo‘ldi.
Xitoydan shisha va shisha mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilib, 68000 AQSH dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan shaxs javobgarlikka tortildi.
Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
O‘zbekistonlik harbiy alpinistlar Kabardin-Bolqordagi Elburs cho‘qqisini zabt etdi, qo‘shin razvedkachilari esa Hindistonningda o‘tkazilgan tanlovda ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirar ekan, ish vaqtida mahkumlardan birining qochib ketganini ma’lum qildi.
AQSHda yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Rahmatov «Islom davlati"ga moddiy yordam ko‘rsatishda aybdor ekanini tan oldi.
Deputat To‘lqin Homidovning «Oqdaryoda radarlarni YHX xodimlari nega buzib olib ketishdi?» mavzusida maqolasiga Samarqand viloyati IIB YHXB javob berdi.
Guliston shahridagi «Bookcafe"da Sirdaryo viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan axborot markazlari tashkil etildi.
Arnasoy tumanida Vetnam investorlari tomonidan baliq, qoramol va tovuq uchun omuxta yem ishlab chiqaradigan «MTT SEA FOOD» MCHJ shaklidagi xorijiy korxona ochildi.
UzAuto Motors tejamkor turbodvigatelli yangilangan Malibu modeli savdosi boshlanishini ma’lum qildi.
Mirobod tumanining Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali ko‘ringan bir necha qog‘oz qutilari bo‘sh ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Kiyevning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevich bilan uning murabbiylar shtabida ishlagan o‘zbekistonlik Maksim Shatskix ham ishdan bo‘shatildi.
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev mustaqillik bayrami arafasida ham, bayram kunlari ham poytaxtga keluvchilarga nisbatan cheklov bo‘lmasligini bildirdi.
Sherobod tuman hokimi qo‘riqxona hududida mehmonxona qurishi uchun tadbirkorga noqonuniy ravishda yer ajratdi.
«ToshuyjoyLITI» bosh direktori lavozimida ishlagan Qahramon Hakimov Nurafshon hokimi bo‘ldi.
AQSH dollari kursi 9000 so‘mlik chegaradan oshib, tarixiy maksimumni yangiladi.
Usmon Rahimov Olmaliq hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Quvasoy shahrida yashagan F.M. ustaxonada dizel yoqilg‘isi saqlash uchun mo‘ljallangan bochkani payvandlayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgani oqibatida halok bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting