Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga qarshi jinoyat ishi DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Toshkentning «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlab yubormoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qoldi.
Qozog‘iston bilan chegaradan yangi Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti ochildi. Uning O‘zbekiston mahsulotlarini Qozog‘istonning janubiy hududlarida eksport qilinishida qulay sharoitlar yaratishi kutilmoqda.
Qurol to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Hujjat olti oydan so‘ng kuchga kiradi.
Paxtani ko‘proq sug‘orib yuborgani uchun fermerlarni jaziramada avtobusga qamab qo‘ygan Kasbi tuman IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31- iyul — 1- avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belurusda bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand va eshkak eshish kanalida tashkil etiladigan yangi turistik markaz o‘rtasida yengil osma metro qurish bo‘yicha topshiriq berdi.
Navoiy viloyatida 161 fuqaroning plastik kartalaridagi 27,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimiga nisbatan jazo choralari tayinlandi.
Toshkent viloyatidagi beshta markaz xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun maxsus texnik qurilmalar bilan ta’minlandi.
Toshkent hokimligi ta’sis etgan «Texnopark» kompaniyasi gaz hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida gaz hisoblagichlarini ishlab chiqaradi.
Hafta oxirida havo haroratining qisqa muddatga bir oz tushishi kutilmoqda. Dam olish kunlari shimolda +35, qolgan hududlarda +39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasi rahbari bo‘lib ishlagan Umidjon Isroilov energetika vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligida ayblanuvchi tadbirkor Baxriddin Isamov Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda.
Yakkabog‘da do‘konini buzmoqchi bo‘lgani uchun tadbirkor tomonidan o‘t qo‘yilgan hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tuman hokimi va prokurori ishdan bo‘shatildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov «Ashxobod» mahallasidagi uylari buzilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasidagi muammoni o‘rganish uchun Urganchga yetib bordi.
Adliya vaziri barcha mahalliy hokimliklarni fuqarolarning uy-joy bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini poymol etishlariga chek qo‘yishlarini talab qildi.
200 ga yaqin kishi kechasi buzilgan uylari uchun tovon puli to‘lanmaganidan norozi bo‘lib Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Xorazm viloyati hokimi 10 avgustga qadar 100 foiz pullarini to‘lashga va’da berdi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandni turistik xabga aylantirish va tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Yakkabog‘da bola va qizaloq buzilayotgan uyni tark etishdan bosh tortdi. Ulardan biri IIO xodimlari kuch bilan tashqariga chiqarayotganda «Dada, dada!» deb baqirdi.
Samarqanddagi eshkak eshish kanali bo‘yicha suzish joylari, sun’iy orolchalar, mehmonxonalar va anjumanlar markazini o‘z ichiga olgan turistik markaz quriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting