Toshkent hokimiyati 1997 yilda tasdiqlangan amaldagi poytaxt gerbidan foydalanishga qaror qildi va uning yangilangan talqinini taqdim etdi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab direktorlari faqat jazolanadigan bo‘lsa, yaxshi kadrlar yo‘qotilishini bildirdi.
Navoiy shahridagi «Buyum» bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 170 000 000 so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan 18 yoshli qiz ushlandi.
Kuzda Hisor qo‘riqxonasida topilgan ikki bosh qor qoploni bolasi yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘ldi. Ular O‘zbekistonda topilgan ilk qoplon bolalari edi.
Oliy sud matbuot xizmati Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarma boshlig‘ining Toshkent shahriga propiskaga o‘tish «lazeyka» bo‘lib qolgani haqidagi fikriga e’tiroz bildirdi.
Hukumat qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Namanganda noqonuniy saqlanib kelinayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 240 million so‘mlik, 120 dona uyali aloqa vositalari aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev Bishkekda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmeri DiKarloni qabul qildi.
Hukumat qarori bilan Muzaffar Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning «Kaptiva» rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchalik bilan «migalka» o‘rnatilganligi aniqlandi.
Hukumat qarori bilan 2019 — 2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.
Hukumat qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Bishkekda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va chegara masalalarida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.
Gollandiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha halol mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha kompaniya tashkil etildi.
Yaqinda MOQ prezidenti lavozimidan bo‘shagan Umid Ahmadjonov O‘FA birinchi vitse-prezidentligidan bo‘shash maqsadida ariza yozdi.
Respublika bo‘yicha 2018 yil davomida ishlab chiqarishda 554 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, shulardan 164 tasi o‘lim bilan tugagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga tashrif buyurdi.
Endilikda yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting