Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilinishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshida suv ta’minoti va sanitariya tizimini yaxshilashda xususiy hamkorlarni jalb qilishda yordamlashadi.
O‘FA kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan «Zarangari» futbol klubi rahbari Furqat Toirovni 1 yilga futboldan chetlashtirdi va 20 million so‘m jarima jazosi qo‘lladi.
Talabalarni tadqiqotchilik ishiga jalb qilishga qaratilgan CAT Summer School-2019 yozgi maktabiga arizalar qabuli boshlandi. Yozgi maktabda o‘qish — bepul.
Yil boshidan buyon 312 mingdan ortiq fuqaro xorijga chiqish pasportini oldi, 16,8 ming kishi esa doimiy Toshkent propiskasiga ega bo‘ldi.
Rossiyaning «Vedomosti», «Kommersant’», «RBK» nashrlari ilk bor narkotiklar savdosida ayblanayotgan «Meduza» jurnalisti Ivan Golunovga bag‘ishlangan bir xildagi muqova bilan chop etildi.
Doing business with Namangan investitsion forumida 320 mln dollarlik 39 ta bitim imzolandi.
Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi O‘zbekistondagi 2766 ta maktabda kompyuter sinflarini tashkil etadi.
Velopoygachi Olga Zabelinskaya Italiyadagi Six Days of Rose International musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allan O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda.
Chirchiq dala-o‘quv maydonida shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qilib, Qozog‘iston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan tabrikladi.
Samarqand shahrining Sartepa maskanidagi 9 qavatli uyning 1-qavatida portlash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q.
Navbahor tumanida navbatchi shifokorga tahdid qilib, unga haqoratomuz so‘zlar aytilgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Moskvada o‘tkazilgan boks kechasida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev rossiyalik Maksim Churbanovni nokautga uchratdi.
Hukumat qarori bilan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Qozog‘istonda muddatdan avvalgi prezident saylovi kuni yuzlab odamlar namoyishga chiqdi. Politsiya 500 nafarga yaqin kishi qo‘lga olinganini xabar qildi.
Toshkentning Chilonzor tumanida hasharotlarga qarshi dorilangan uydan keksa ayol va uning nabirasi o‘lik holda topildi.
Marg‘ilondagi «TRZ» nomi bilan mashhur bozorda yong‘in chiqdi. Olov 1575 kv. m. maydondagi qurilish konstruksiyalari va mol-mulklarga zarar yetkazdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovmeksikalik Norberto Gonsalesni nokaut evaziga mag‘lub etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting