Jizzaxdagi qandolatchilik sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 400 kv. m. maydondagi qurilish konstruksiyalari va mol-mulklarni yo‘q qildi.
1890-yildan buyon global miqyosda o‘rtacha harorat 0,7 darajaga oshgan bo‘lsa, Toshkentda 1,7 darajaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Bishkekka jo‘nab ketdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev AES qurilishi masalasi xalq bilan muhokama qilinishiga va’da berdi. «Kerak bo‘lsa referendum o‘tkazamiz», — dedi u.
Fransiyalik harbiy xizmatchilar delegatsiyasi «Forish» poligonida snayperlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
O‘zbekiston va O‘rta Osiyoda ilk bor qor qoploni va boshqa hayvonlar DNK tahlili asosida identifikatsiya qilinadi.
Mitinglar, yig‘inlar va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasida ularni ish vaqtida va ma’muriy binolardan 500 m uzoqlikda o‘tkazishga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza 30 ish kuni avval taqdim etilishi lozim.
Import qilinuvchi oyoq kiyimlari uchun boj miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish taklif etilmoqda. Davlat buyurtmasini bajarayotgan mahalliy kompaniyalarga esa 20 foizgacha narx ustunligini qo‘llash taklif qilinmoqda.
Poytaxtdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatilgan ulkan favvorani kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.
Chet el fuqarosining 3 dona «Iphone Xs Max» rusumli uyali aloqa telefon apparatlari uchun bergan 3.025 AQSH dollaridan 3.000 AQSH dollari qalbaki ekanligi aniqlandi.
Toshkent viloyatining Ohangaron va Quyi Chirchiq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Hukumat qarori bilan Bahriddin Berdiyarovga Bank-moliya akademiyasi rektori vazifasini bajarish ham yuklandi.
Chilonzor tuman ma’muriy sudi «Hayrabod» MFY hududidagi binoni tadbirkorlik maqsadida foydalanishga berish haqidagi shahar hokimligi qarorini qonunga zid deb topdi.
O‘zbekiston 2022 yili figurali uchish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatini «Humo arena» ko‘p tarmoqli muz saroyida qabul qilmoqchi.
O‘zbekistonda ilgari mavjud bo‘lgan 827 ob’ekt topilmagani va 381 ob’ekt avariya holatida ekani haqida axborot taqdim qilindi.
Hukumat qarori bilan Akbarxon Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir fuqaroni mashinada urib yuborgan va unga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxslar qamoqqa olindi.
Instagram, telegram, feysbuk kabi ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylashtirish orqali pul topayotganlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi kerakligi bildirildi.
Hukumatning «Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Andijonda ichki ishlar xodimini o‘ldirgan uch fuqaroga tegishlicha 16 yil,15 yilu 9 oy va 15 yilu 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting