Adliya vazirligi tomonidan qabristonlardan foydalanish, ularni saqlash va obodonlashtirish bo‘yicha quyidagi tizimli muammo va kamchiliklar o‘rganildi.
Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Humo International kartalarini Mastercard tarmog‘ida qabul qilish hamda jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon U O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda.
O‘zbekiston 72,93 mln yevro evaziga Ispaniyaning Talgo kompaniyasidan ikkita tezyurar poyezd xarid qiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hokimligining sug‘urta kompaniyalari bo‘yicha qonunga zid qarorini bekor qildirdi.
Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari tayinlandi.
Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida vatandoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi ishga tushirildi.
Jomboy va Samarqand tumanlaridagi o‘tkazgan sayyor qabullarda 12 nafar fuqaro jazodan shartli ravishda ozod qilindi, yana 12 kishiga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirildi.
Endilikda abituriyentlar fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Abituriyentlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshiradi. Ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan EKIHning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilgi YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha tafovutlar tarmoqlar statistikasi ma’lumotlarini qayta hisoblab chiqish natijalari bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarni turmushda, ish joylarida va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etdi.
Missisipi gubernatori Fil Brayant O‘zbekistonga tashrif buyurgan ilk Amerika shtati rahbariga aylanadi. Tashrif chog‘ida Navoiyda O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari «Ayritom» chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan giyohvandlik moddasini fosh etdi.
Hafta oxirida respublika bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalari qo‘mitasining majlisida Milliy gvardiyaning qo‘shimcha huquqiy ta’sir chorasini beruvchi vakolat mexanizmlari joriy etilishi ko‘rib chiqildi.
Sud Yunusobod tumaning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U uch yil mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting