Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalari qo‘mitasining majlisida Milliy gvardiyaning qo‘shimcha huquqiy ta’sir chorasini beruvchi vakolat mexanizmlari joriy etilishi ko‘rib chiqildi.
Sud Yunusobod tumaning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U uch yil mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
“Amirsoy” tog‘ kurortiga Yevropadagi “Grandvalira” tog‘-chang‘i kurorti egasi Joan Viladomat va “Kurshevel” tog‘ kurorti sobiq prezidenti Klod For tashrif buyuradi.
Umid Ahmadjonov taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining oltin medal egasiga 30 ming, kumush medal uchun 20 ming va uchinchi o‘rin egasiga 10 ming dollar pul mukofoti berilishini bildirdi.
Oliy sudda Sudyalar oliy kengashi qaroriga ko‘ra, besh yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlanganlarning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan OAVni qo‘llab-quvvatlash fondi rahbari Said-Abdulaziz Yusupovning videomurojaatida unga bosim o‘tkazilgani aytildi. Bosh prokuratura esa ishning boshqa tafsilotlarini ma’lum qildi.
Karmana tuman sudi firibgarlikka qo‘l urgan Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlariga jazo tayinladi.
AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonda AKT hamda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish uchun 165 milliard so‘m grant taqdim etish haqida qaror qabul qildi.
Bu yil abituriyentlar bir paytning o‘zida uchta ta’lim muassasasi tanlab, asosiy oliy ta’lim muassasasida imtihon topshirishi mumkin bo‘ladi.
Samarqandda homilador ayolni tug‘uruqxonaga olib borish uchun yo‘lga chiqqan tez yordam mashinasining YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi reanimatsiyaga yotqizildi.
Buxoro shahrida o‘tkazilgan «Men sog‘lom turmush tarafdoriman» shiori ostida yurish bo‘yicha marafonda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev va bokschi Shahram G‘iyosov ishtirok etdi.
Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijaraga olib berish uchun 100 000 dollar olayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Valijon To‘rayev Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosini o‘rganish, kitoblarni chop etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik Maykl Foksga ochkolar hisobi bo‘yicha yutqazib qo‘ydi.
Toshkentdagi Ohangaron va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistonda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Inshootni 2019-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov doping sababli sakkiz oyga diskvalifitsiya qilindi. Futbolchi ozish uchun dori qabul qilganini aytdi.
OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi. O‘zini DXX xodimi deb bildirib, odamlardan yolg‘on yo‘li bilan pul olgani xabar qilindi.
Uchtepa tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Avvalroq prezident tumanda rivojlanish sur’atlari eng past darajada ekanini qayd etgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting