Veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida Yanina Kuskova O‘zbekiston terma jamoasi jamg‘armasiga ilk medalni qo‘shib qo‘ydi.
Angren shahrida eronlik investorlar tomonidan kaolinni qayta ishlash va keramik plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
O‘g‘rilik jinoyatini qilgan buxorolik shaxs xavfli retsidivist deb topildi va tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida Urgut tumanidagi qariyb yarim million aholi elektr energiyasiz qoldi.
2020 yildan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda qog‘oz shaklidagi ruxsat beruvchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Bojxona nazoratida ma’muriy jarayonlar soddalashtiriladi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Pekinga jo‘nab ketdi.
Dohada o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ikkita oltin, bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Deputatlar bosh vazir o‘rinbosariga «Umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi parlament so‘rovini yuborishga qaror qildilar.
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Aktrisa va qo‘shiqchi Asuko Maeda O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm brendi elchisi etib tayinlandi.
Abituriyentlar har qanday milliy OTMga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirishlari mumkin.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida 952 300 Rossiya rubli, 1 600 AQSH dollari, 127 200 qozoq tengesini sumka astariga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi.
Pedagog xodimlarga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari belgilandi.
Shri-Lankadagi portlashlarda qurbon bo‘lganlar orasida hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan, deya xabar qildi TIV.
O‘zbekiston fuqarolari uchun haj ziyoratini amalga oshirish 33,3 million so‘mgacha tushirildi, umra esa 1,3 millon so‘mga arzonlashdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
TIKA vakolatxonasi ilmiy ishlanmalarga oid loyihalarini tijoratlashtirishga Turkiyaning yirik tadbirkorlarini jalb qilishga ko‘maklashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting