«O‘zbekneftgaz» 2020 yildan ayrim kompaniyalarga gaz uzatishni to‘xtatish uchun ularga muqobil yoqilg‘iga o‘tishni taklif qilmoqda. Issiqxona xo‘jaliklari egalari bunday taklifning salbiy oqibatlari haqida ma’lum qildi.
Yosh aktyorlar Londonda Xalqaro teatr simpoziumi doirasida o‘zbek tilidagi «Hamlet"ni ijro etadi.
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Tailandda o‘tkazilgan jiu-jitsu bo‘yicha talabalar o‘rtasida jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bankdan olgan kreditini vaqtida to‘lamagan gulistonlik fuqaro qarzini undirish uchun kelgan MIB xodimini kaltakladi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» to‘rtinchi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ldi. U Everettedagi Boeing zavodidan Toshkentga yetib keldi.
1 iyuldan dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat tomonidan xarid qilishda milliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lganda, import mahsulotlarni yetkazib berish takliflari rad etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«O‘zbekenergo» raisi Ulug‘bek Mustafoyev «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi bo‘ldi. Dadajon Isaqulov «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», Ruslan Mubarakshin esa «Issiqlik elektr stansiyalari» rahbari etib tayinlandi.
Yashnobod tumanida voyaga yetmagan K.Sh. o‘zi bilan norasmiy ravishda ishlab kelayotgan A.X.ni bolg‘a bilan o‘ldirib, quduqqa tashlab yuborgani aniqlandi.
Toshkent IIBB YHQning yangi bandlari bo‘yicha jarimalar qachondan qo‘llanilishi haqida rasman e’lon beradi.
Jizzaxda turmush sharoiti og‘ir va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning 59 nafariga nogironlik aravachasi, 42 nafariga eshitish moslamasi topshirildi.
15-aprel kuni soat 9:00 dan Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ma’lum hududlarida bir sutkaga sovuq suv o‘chiriladi.
Hukumat qarori bilan «2015−2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi» maqsadlariga O‘zbekistonda erishish strategiyasi tasdiqlandi.
Toshkentda Finlyandiyaning faxriy konsulxonasi ochildi. Ochilish marosimida Finlyandiya TIVning tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Markku Keynyanen ishtirok etdi.
Doping qabul qilganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Rustam Jangaboyev musobaqalardan vaqtinchalik chetlatildi.
XTV prezident maktablariga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha Next Step Up School kompaniyasi tomonidan matbuotda e’lon qilingan loyiha haqida izoh bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi, Qirg‘iziston, Turkiya, Indoneziya va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting