Nukus hamda Xivadan keyin Mirzo Ulug‘bek tumanida ham prezident maktabining qurilish ishlari olib borilmoqda.
Fattoh Shodiyev fondi Sirdaryoda turmush tarzini yanada yaxshilash, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari uchun hisobiga 40 milliard so‘m ajratadi.
«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialida soxta kvitansiyalar tarqatgan chilangar aniqlandi.
Prezident qarori bilan shisha tola va energiya tejash tizimlarini ishlab chiqishga xorijiy investitsiya va nano-texnologiyalar keng jalb qilinadi.
Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan «Investorlar kuni"da bir nechta loyihalar taqdimoti namoyish etildi.
O‘zbekiston sharoitida olim bo‘lish iqtisodiy jihatdan foyda keltiradimi? Yoshlarning olim bo‘lishiga undovchi besh sabab — Nazokat Azim maqolasida.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov birinchi raundda amerikalik Brendan Barretni nokautga uchratdi.
IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Mudofaa vazirligining Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishni boshqaruv xizmati FVV tizimiga o‘tkazildi.
Prezident qarori bilan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilinadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Nexia 3 mashinalariga tumanga qarshi chiroqlar o‘rnatilmaganini ma’lum qildi. GM Uzbekistan xaridorlar bu haqda ogohlantirilgani haqida xabar berdi.
Gruziyaning TBC Bank banki Payme to‘lov xizmati aksiyalarining nazorat paketini 5,5 mln dollarga sotib olganini e’lon qildi.
«Rashitjon Qodirovning sog‘lig‘ining holati qamoqda saqlashga to‘sqinlik qilmasligi ma’lum bo‘lgan va unda hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan». Bosh prokuratura Amnesty International bayonotiga javob qaytardi.
«Bosh pochtamt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan pochta orqali zargarlik buyumi jo‘natilishi holatining oldi olindi.
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari delegatsiyalari o‘rtasida yig‘ilish boshlandi.
«Toshshahartransxizmat» tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida 10 dan ziyod avtobus haydovchilari tomonidan belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish holatlari aniqlandi.
«Andijon-Qorasuv» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Neksiya-3» rusumli avtomobilda 2 116 501 AQSH dollari miqdoridagi xorijiy valyuta borligi aniqlandi.
O‘zbekistonda ochiladigan Hindistonning Sharda universitetida talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
«Forish» tog‘ poligonida Pokiston Islom Respublikasi va Turkiya Respublikaci qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Toshkent IIBB YHXB shaharda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun patrul vertolyotidan foydalanishni boshlaydi.
O‘zbekiston yo‘l harakati qoidalari sun’iy yo‘l notekisligi, tirbandlik, qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish kabi yangi yo‘l belgilari, shuningdek yangi yotiq chiziqlar bilan to‘ldirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting