Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot vakillari belgilandi.
2019-yil I chorak yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 26,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 82 foizga o‘sdi.
«Chuqursoy» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni fosh etishdi.
Zarbdor tuman markazining zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablariga javob beradigan bosh loyihasi ishlab chiqildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbarlari ustidan sud boshlandi. Sudlanuvchilar pora olish, daromadlarni o‘zlashtirish va axborotlardan noqonuniy foydalanishda ayblanmoqda.
Marg‘ilonda yashovchi R.R. uyida oilaviy janjal oqibatida opasi O‘.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazishi natijasida ayol kasalxonaga yotqizildi.
Toshkentda ayollarni reabilitatsiya qilish markazining Sergeli-Yakkasaroy tumanlararo bo‘linmasi ochildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha harbiy-texnik, migratsiya va iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini Los-Anjeles shahrida meksikalik Karlos Karlsonga qarshi o‘tkazadi.
Xitoylik investorlar Xorazmda paxtani qayta ishlab undan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochish rejasini ma’lum qildi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali 8550 AQSH dollarini yashirincha olib chiqayotgan shaxs to‘xtatildi.
Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini amerikalik Maykl Foksga qarshi o‘tkazadi.
Dunyodagi eng ulkan Stratolaunch samolyoti Kaliforniyada ilk parvozini amalga oshirdi. Koinotga raketalar tashishga mo‘ljallangan samolyot havoda 2,5 soat davomida parvoz qildi.
Qamoq muddati axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan Islombek To‘laganov jazoning qolgan qismini Probatsiya xizmati nazorati ostida o‘taydi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘istonning savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm sohalaridagi hamkorligi hamda mintaqada xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirildi.
2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 39,5 foiz, ya’ni 1 ming 282 taga kamaydi.
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting