Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
1 apreldan YAIDXP orqali haydovchilik guvohnomalarini almashtirishga ariza topshirish mumkin bo‘ladi.
Toshkentning 3D formatdagi bosh rejasini ishlab chiqish uchun vertolyotlar yordamida shahar to‘liq tasvirga tushiriladi.
Odamlar yashab turgan uyni buzish mumkin emas, dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Anhor bo‘yidagi 78-uyning buzilayotganiga izoh berar ekan.
Inha universitetida «Inha» global ta’lim markazining ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Markazida Mirzo Ulug‘bek surati tasvirlangan va ko‘rish qobiliyati sust bo‘lgan insonlar uchun bo‘rtma belgisi mavjud bo‘lgan 100 ming so‘mlik banknot shu oyda muomalaga chiqariladi.
O‘zbekistonlik Zarrux Adashev Bellator 215 turniri doirasida oktagonga chiqdi va kolumbiyalik Ron Leonni mag‘lub etdi.
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Samarqandda o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolardan biri 30 ming turkman manatini 60 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
2019−2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
O‘zbekistonda Akfa xususiy universiteti tashkil etilmoqda. OTMda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
Hukumat qarori bilan Baxtiyor Abdullayev Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi.
Professional bokschi Shohjahon Ergashev AQSHning Kanzas shtatida faoliyatidagi 16-jangda amerikalik Maykl Foksni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Qo‘qon shahridagi ko‘ngilochar joylardan biridagi karaoke xonasiga kirib, yostiq ostiga pichoq qo‘yib xonadan chiqib ketgan Milliy gvardiya xodimiga chora ko‘riladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin.
O‘zbekiston IIV akademiyasi va Gujarat kriminalistika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
AQSH kompaniyasi O‘zbekistonda suv sarfini nazorat qiluvchi innovatsion sug‘orish tizimlarini joriy etadi.
Toshkentda 6-tug‘ruqxona yaqinida turgan avtomobil ichida gaz to‘ldirilgan sharlarning portlashi natijasida uch kishi kuyish jarohatlarini oldi.
Toshkentda Bosh prokuratura haydovchisi boshqaruvidagi mashina urib ketgan Xalqaro Vestminster universiteti xodimi hayotdan ko‘z yumdi.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish va g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting