Arxiv

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda
12 avgust 2024, 09:50

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin.

O‘zbekiston Parij Olimpiadasida 13-o‘rinni egalladi, bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija
11 avgust 2024, 23:04

O‘zbekiston Parij Olimpiadasida 13-o‘rinni egalladi, bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija

Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston uchun mamlakat mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Respublika 13 ta medal (8−2−3) bilan 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyoda va MDHda 1-o‘rinni hamda Osiyoda 4-o‘rinni egalladi.

“U o‘zini yaxshi his qilmoqda”. O‘zbekiston boks federatsiyasi — To‘lqin Qilichev haqida
11 avgust 2024, 17:26

“U o‘zini yaxshi his qilmoqda”. O‘zbekiston boks federatsiyasi — To‘lqin Qilichev haqida

O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning yurak xurujidan keyingi holatiga izoh berdi. “Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi”, — deya qayd etdi tashkilot.

Turkiyada Instagram blokdan chiqarildi
11 avgust 2024, 13:20

Turkiyada Instagram blokdan chiqarildi

Turkiyada 9 kundan buyon taqiqda bo‘lgan Instagram shanba kuni blokdan chiqarildi. Instagram mamlakat rasmiylari talablarini bajarishga va foydalanuvchilarga qo‘yilgan senzurani tartibga solishga rozi bo‘lgan. Bu yillar davomida platformaga qo‘yilgan eng uzoq muddatli taqiq bo‘ldi.

Rossiyada noqonuniy migratsiya bo‘yicha 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
11 avgust 2024, 12:20

Rossiyada noqonuniy migratsiya bo‘yicha 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyaning Odinsovo shahrida o‘tkazilgan reydlarda 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy mehnat olib borgan ushbu fuqarolar mamlakatdan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi g‘alabani nishonlash paytida yurak xurujiga uchradi
11 avgust 2024, 09:01

O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi g‘alabani nishonlash paytida yurak xurujiga uchradi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda yurak xurujiga uchradi. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilator qo‘llagan holda Britaniya boks jamoasi mutaxassislari yordam berdi.

Toshkent viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11 avgust 2024, 08:27

Toshkent viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Parkent tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 65 km uzoqda joylashgan.

Parij-2024: Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi
11 avgust 2024, 02:24

Parij-2024: Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov finalda ispaniyalik raqibini mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokio-2020 dan keyingi ikkinchi Olimpiada oltini bo‘ldi.

Parij-2024: Taekvondo ustasi Svetlana Osipova Olimpiada sovrindori bo‘ldi
11 avgust 2024, 01:35

Parij-2024: Taekvondo ustasi Svetlana Osipova Olimpiada sovrindori bo‘ldi

Parij Olimpiadasida taekvondochi Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiadada sovrindor bo‘lgan ilk ayol taekvondochiga aylandi.

Parij-2024: Bokschi Abdumalik Xalokov qirg‘izistonlik raqibini yengib, Olimpiada chempioni bo‘ldi
11 avgust 2024, 01:10

Parij-2024: Bokschi Abdumalik Xalokov qirg‘izistonlik raqibini yengib, Olimpiada chempioni bo‘ldi

Olimpiada finalida qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek o‘g‘liga qarshi jang qilgan bokschi Abdumalik Xalokov raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. U terma jamoaga 7-oltin medalni keltirdi.

Parij-2024: Erkin kurashchi Razambek Jamalov terma jamoada 6-oltin medalni qo‘lga kiritdi
10 avgust 2024, 23:31

Parij-2024: Erkin kurashchi Razambek Jamalov terma jamoada 6-oltin medalni qo‘lga kiritdi

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan kurashayotgan rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda u yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 20 yil ichida erkin kurash bo‘yicha olgan ilk Olimpiya oltin medalidir.

Nima o‘qiymiz? Noshir Sanjar Nazar tavsiya qiladi
10 avgust 2024, 20:36

Nima o‘qiymiz? Noshir Sanjar Nazar tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

“Aksariyat holatlarda pora bergan odam jazolanmayapti” — SSV rahbari
10 avgust 2024, 17:30

“Aksariyat holatlarda pora bergan odam jazolanmayapti” — SSV rahbari

“Har bir tizim boshida turganlarning o‘zi va jamoasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xohish bo‘lishi kerak”, — dedi SSV rahbari Asilbek Xudayarov. Aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmay qolayotganini aytgan vazir v.b. uning jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev kumush medalga ega chiqdi
10 avgust 2024, 16:43

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev kumush medalga ega chiqdi

Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yengil avtomobillarning oylik savdosi 18,6 foizga oshdi, lekin yillik savdo hajmi pasayishda davom etmoqda
10 avgust 2024, 15:54

Yengil avtomobillarning oylik savdosi 18,6 foizga oshdi, lekin yillik savdo hajmi pasayishda davom etmoqda

Iyul oyidagi o‘sishga qaramay, O‘zbekistonda avtomobil savdosi yillik ko‘rsatkichlarda, ayniqsa, xorijiy yengil avtomobillar segmentida (-46,5 foiz) pasayishda davom etmoqda. Ikkilamchi bozorda tuzilgan shartnomalar soni oshdi, ammo umumiy tendensiya savdo hajmining kamayganini ko‘rsatmoqda.

Yunusoboddagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi (video)
10 avgust 2024, 15:15

Yunusoboddagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkent shahridagi do‘konlarning birida yong‘in yuz berdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 21 daqiqada o‘chirilgan.

TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
10 avgust 2024, 14:29

TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

3-sentabrdan Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari rejalashtirilgan.

Samarqandda ham haydovchilar uchun imtihon markazi ish boshladi
10 avgust 2024, 13:28

Samarqandda ham haydovchilar uchun imtihon markazi ish boshladi

Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasi uchun fuqarolardan imtihon oluvchi markaz ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va YHXXning yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov qatnashdi.

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi
10 avgust 2024, 11:53

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi

Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi
10 avgust 2024, 11:13

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi

Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting