Arxiv

Xotinini o‘z joniga qasd qilishga majburlagan erkak 9 yilga qamaldi
13 avgust 2024, 20:19

Xotinini o‘z joniga qasd qilishga majburlagan erkak 9 yilga qamaldi

Sud muntazam zo‘ravonlik orqali xotinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan erkakka hukm o‘qidi. Ayol mart oyida Bekobod shahridagi turar joy binosining beshinchi qavatidan sakragandi.

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan tayvanlik bokschini “erkak” deb atashmoqda. Aslida-chi?
13 avgust 2024, 19:33

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan tayvanlik bokschini “erkak” deb atashmoqda. Aslida-chi?

Tayvanlik bokschi Lin Yuy-Tin Olimpiada g‘olibi bo‘ldi. U oltin medal yo‘lida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovani ham mag‘lub etdi. Biroq internetda hanuz uning jinsi haqidagi bahs-munozaralar davom etmoqda. “Gazeta.uz” XOQ va Tayvan yonini olgan bokschi bilan bog‘liq janjal tafsilotlarini o‘rgandi.

Toshkent viloyatida poytaxt oqova suv tizimi uchun yangi tozalash inshooti quriladi
13 avgust 2024, 18:13

Toshkent viloyatida poytaxt oqova suv tizimi uchun yangi tozalash inshooti quriladi

Toshkent viloyatida kuniga 1 mln kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega inshoot quriladi. Bu orqali 100 mingdan ortiq aholi va 100 dan ortiq korxona markazlashgan oqova suv xizmatidan foydalanadi. Loyiha BAA, Fransiya va Yaponiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.

Bo‘stonliqdagi Mehribonlik uyi oromgohida bola boshqa tarbiyalanuvchilar tomonidan kaltaklandi
13 avgust 2024, 17:00

Bo‘stonliqdagi Mehribonlik uyi oromgohida bola boshqa tarbiyalanuvchilar tomonidan kaltaklandi

Toshkent viloyatidagi Mehribonlik uyi oromgohida Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uyidan kelgan o‘smirlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. Viloyat IIB tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 65 nafar sportchi qatnashadi (ro‘yxat)
13 avgust 2024, 15:50

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 65 nafar sportchi qatnashadi (ro‘yxat)

Toshkentda O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘ldi. 28-avgustdan 8-sentabrga qadar o‘tkaziladigan o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan jami 113 ta litsenziya oldi. Qatnashchilar haqida batafsil.

Eldor Shomurodov MLS’ning “Atlanta Yunayted” klubiga o‘tishi mumkin — Fabritsio Romano
13 avgust 2024, 15:26

Eldor Shomurodov MLS’ning “Atlanta Yunayted” klubiga o‘tishi mumkin — Fabritsio Romano

Futbol jurnalisti Fabritsio Romano “Atlanta Yunayted” klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni sotib olish taklifi bilan murojaat qilganini ma’lum qildi. “Muzokaralar davom etmoqda va ularni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud”, — deya qo‘shimcha qilgan Romano.

Amerika kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini qayta tiklaydi
13 avgust 2024, 14:45

Amerika kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini qayta tiklaydi

AQShning Sierra Nevada Corporation kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini ta’mirlash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Loyiha qiymati 64,2 million dollarni tashkil etadi. Ishlarni 2027-yil avgustida yakunlash rejalashtirilgan.

Firibgarlikda ayblanayotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
13 avgust 2024, 13:25

Firibgarlikda ayblanayotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, firibgarlikda ayblanayotgan Barno Inotova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlardan Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi
13 avgust 2024, 12:53

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi

Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi.

“Eng muhimi — Trampni yengish”. Bayden — prezidentlik poygasidan chiqish qarori haqida
13 avgust 2024, 11:23

“Eng muhimi — Trampni yengish”. Bayden — prezidentlik poygasidan chiqish qarori haqida

Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik va demokratiyani saqlab qolish uchun bo‘lajak saylovlardan voz kechgani haqida gapirdi. “Prezidentlik katta sharaf bo‘lsa ham, eng muhimi — biz Trampni mag‘lub etishimiz kerak, kerak, kerak”, — dedi u.

Olimpiada sovrindorlarining murabbiylari necha puldan taqdirlandi?
13 avgust 2024, 10:58

Olimpiada sovrindorlarining murabbiylari necha puldan taqdirlandi?

Parijda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilarning murabbiylari 50 ming dollar, kumush olganlarning murabbiylari 25 ming dollar, bronza medalini olganlarniki esa 12 500 dollardan mukofotlandi.

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi
13 avgust 2024, 10:37

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

To‘qimachi bekatidagi modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha ishlashi to‘xtatilgan Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali 16-avgustdan faoliyatini qayta boshlaydi.

Pul, mashina va uy-joy. Olimpiada sovrindorlariga nimalar berildi?
13 avgust 2024, 10:17

Pul, mashina va uy-joy. Olimpiada sovrindorlariga nimalar berildi?

Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va kvartiralar berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni bosh vazir va Senat raisi topshirdi.

Andijonda maktabdagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani aytilmoqda
13 avgust 2024, 10:03

Andijonda maktabdagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani aytilmoqda

Asaka tumanidagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilindi. Xabar berilishicha, ish jarayonida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yiqilib, qo‘li singan. Ular ishga maktab direktorining topshirig‘i bilan chiqqan.

Toshkentda tantanali kutib olingan olimpiyadachilar — suratlarda
13 avgust 2024, 09:30

Toshkentda tantanali kutib olingan olimpiyadachilar — suratlarda

Parij Olimpiadasidan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilarni tantanali kutib olish jarayonlari “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportajida.

Aholiga suyultirilgan gazni xususiy sektor yordamida yetkazib berish taklif etilmoqda
13 avgust 2024, 08:44

Aholiga suyultirilgan gazni xususiy sektor yordamida yetkazib berish taklif etilmoqda

O‘zbekiston aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun xususiy sektorni jalb etish rejalashtirilmoqda. Prezident bu masalani o‘rganib, takliflar kiritishni topshirdi. Bugungi kunda aholining qariyb 47 foizi suyultirilgan gaz oladi.

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi
13 avgust 2024, 08:04

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi

Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda gumonlanmoqda. Ishda ikki tadbirkor ham ayblanmoqda.

12-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 avgust 2024, 23:41

12-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent mahallalaridagi yerlarni sotish platformasi, Termizda ochilgan islom instituti, Beruniy xiyobonini yaxshilash bo‘yicha takliflar so‘rayotgan hokimlik, O‘zbekistonga qaytib kelgan olimpiya terma jamoasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda Olimpiya terma jamoasi tantanali kutib olindi
12 avgust 2024, 23:35

Toshkentda Olimpiya terma jamoasi tantanali kutib olindi

Parijdan qaytgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi. Aeroportda sportchilarni Senat raisi, bosh vazir va boshqa rasmiylar kutib oldi.

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga o‘qish uchun borgan xorijliklar orasida 5-o‘rinda
12 avgust 2024, 23:27

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga o‘qish uchun borgan xorijliklar orasida 5-o‘rinda

Yilning birinchi yarmida 200 mingdan ortiq xorijlik Janubiy Koreyaga o‘qish yoki amaliyot o‘tash uchun bordi. O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi — 5 ming kishi. 2027-yilgacha Koreya o‘z universitetlariga 300 ming chet ellik talabani jalb qilishni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting