Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasi uchun fuqarolardan imtihon oluvchi markaz ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va YHXXning yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov qatnashdi.
Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Beshinchi “oltin” O‘zbekiston uchun barcha Olimpiadalar rekordi bo‘ldi. Jamoa medallar jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekistonlik 21 yoshli taekvondochi Ozoda Sobirjonova Olimpiada bronza medali uchun kechgan bahsda so‘nggi uch soniyagacha oldinda borganiga qaramay, yakunda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti va unda ilgari surilgan takliflar, O‘zbekistonga tashrifini bekor qilgan Yaponiya bosh vaziri, Olimpiada chempionlarini tabriklagan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qoraqalpog‘istonda mahallalar 48 ta holatda qariyb 10 mlrd so‘mlik tenderlarni qonun talablariga nomuvofiq o‘tkazgan, deb topdi Raqobat qo‘mitasi. Xarid natijalari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning pushaymonligi va muqaddam sudlanmaganini inobatga oldi.
Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov MO davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida besh davlat mintaqani global energiya bozoridagi salbiy ssenariylardan himoya qila oladigan tizim va kutilmagan holatlarda milliy energiya tizimlari uchun xavfsizlik zaxirasini yaratishi kerakligini ta’kidladi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MO davlatlari sammitida “global tahdid va xavflarning kuchayishi fonida” xavfsizlik sohasida hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, shuningdek, huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlik mexanizmlarini yaratishni taklif qildi.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyul oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo — 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MO davlatlari rahbarlari sammitida mintaqada suv-energetika sohasidagi hamkorlikning iqtisodiy mexanizmini joriy etish, shuningdek, MO davlatlari orqali yangi multimodal yo‘nalishlar va transport yo‘laklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
O‘rta sinf tushunchasi “boylar boyiyveradi, kambag‘allar kambag‘allashaveradi” degan eskirgan qoidani barbod qiladi. O‘rta sinf nima, O‘zbekistonda u qancha daromad oladi, kimlar uning vakiliga aylanishi mumkin hamda biznes va davlat unga qanday taklif yaratishi kerak — tahlilchi Denis Sokolov maqolasida.
Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash — Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi?
Qozog‘iston prezidenti MO davlatlari rahbarlari uchrashuvida infratuzilma va transport loyihalari iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalari bo‘lishini ta’kidladi. U Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lining istiqbollari, suv hisobini raqamlashtirish va uning kosmik monitoringini joriy etish haqida gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi. U mamlakatda kutilayotgan sunami yuzasidan xavotir bildirdi va Yaponiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini kechiktirish qarorini “to‘liq tushunishini” bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting