Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi ham o‘z xodimlarini poytaxt va poytaxt viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin.
Bosh prokuratura tuzilmasida Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi tashkil etildi.
Toshkentning Yunusobod tumanida 1 yanvardan elektr energiyasi va gaz iste’moli uchun bazaviy norma joriy etiladi.
Aholi xonadonlaridagi gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalar texnik taftishdan o‘tkaziladi.
Arab tilini puxta bilgan o‘rta diniy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bakalavr darajasini olish uchun Hadis ilmi maktabiga qabul qilinadi.
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar hamda strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi tartibi belgilandi.
Sport turlarini rivojlantirish, saralash ishlarini takomillashtirish, sohaga yangi zamonaviy metodlarni joriy etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘i qabul qilindi.
Ziyorat turizm doirasida musulmon davlatlardan tashrif buyurayotgan sayyohlarning ibodat qilishi uchun sharoit yaratish maqsadida Urganch aeroportida namozxona va tahoratxonalar ishga tushdi.
Tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari ikki marta — 16 noyabrda va 2019 yil 1 iyunida oshiriladi.
Namangandagi kollejning o‘quvchilarni haqoratlab, kaltaklagan o‘qituvchisi ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llashni xohlaganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 16 noyabrdan avtobenzin va dizel yoqilg‘isi narxlari ko‘tariladi.
RLDP raisi Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi delegatsiya 2 noyabr kuni Buxoroga keldi.
Asaka tumanida yashovchi I.N. uyida o‘zaro janjal sabab 82 yoshli buvisi T.J.ning yuziga qo‘li bilan urib jarohat yetkazishi natijasida buvi voqea joyida vafot etgan.
Xalq ta’limi vazirligi «O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida» qonun loyihasini ishlab chiqdi va uni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi.
O‘zbekiston professional ayollar terma jamoasi Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI)ning yil yakunlariga ko‘ra reytingida shosse yo‘nalishi bo‘yicha 20-pog‘onadadan joy oldi.
Xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlariga chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab belgilangan chegirmalarga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shavkat Mirziyoyev Inqilob kuni munosabati bilan Jazoir prezidentini tabrikladi.
Vazirlar Mahkamasi yoqilg‘i-energetika resurslari tariflarini bosqichma-bosqich oshirishni tasdiqladi. «O‘zbekenergo» 16 noyabrdan o‘z tariflarini 9,3 foizga oshiradi.
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi, demoqda YeTTB ekspertlari. Mintaqada byudjetni konsolidatsiya qilish zarur.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting