Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va tashkilotning vitse-prezidenti Serik Konakbayev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatildi.
Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi «Choruxdayron» poligonida O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Muborak tumani hokimi yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i 21 mln so‘m pora olayotgan vaqtda ushlandi.
«Xalq banki» filiallarida pensiya ta’minoti tizimi ishtirokchilari soni 11,3 millionga yetib, ulardagi mablag‘lar miqdori 2,9 trillion so‘mdan oshgan.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng davlat byudjetidan 113,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ iqtisod qilindi.
Qo‘qon shahridagi politexnika kasb-hunar kollejining ikki o‘quvchisining janjali pichoqlanish bilan yakunlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Sirdaryo viloyatida 5 nafar rahbar xodimni ishdan bo‘shatdi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning qaroriga ko‘ra, viloyat, tuman, shahar hokimliklari mansabdor shaxslarining xizmat avtomashinalarini boshqarishi taqiqlanadi.
O‘zbekistondagi 5500 dan ortiq madaniy yodgorlik ob’ektlarida muhofaza belgilari — yorliqlar yo‘q, aksariyati kadastr hujjatiga ega emas.
Jahonda alkogol suiiste’moli natijasida har yili 3 mln nafardan ziyod kishi hayotdan ko‘z yummoqda, ularning aksariyatini erkaklar tashkil etadi.
«Aviasozlar» bozori direktori Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Yashnobod tuman bo‘limi boshlig‘ini «sotib olish"ga uringanda ushlandi.
O‘zbekistonda sinov tariqasida sud majlislarini onlayn translyatsiya qilish boshlandi.
Prokuratura organlari xodimlariga pora berishga uringan fuqarolarga nisbatan beshta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkentdagi Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko‘chalari o‘rtasida avtomobillar harakati uchun yo‘l ochiladi.
Toshkentda mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashi lozim bo‘lgan 629 mingdan ortiq ob’ektning asosiy qismi to‘lovlarni amalga oshirdi, so‘nggi muddat — 15 oktyabr.
«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi Samarqand filiali rahbari 40 ming dollar pora olayotganda ushlandi.
Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Moskva oblasti, Mitishi shahri, Olimpiyskiy prospekti, 38-uyning 5 korpusda joylashgan omborda yuzaga kelgan yong‘in natijasida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Hukumat qaroriga muvofiq Ravshan Shavkatovich Izamov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining raisi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting