IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i va boshliqning birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Soliq kodeksi sodda, bashorat qiluvchi va teng sharoitlarni yaratuvchan bo‘lishi lozim, deydi O‘zbekistonda soliq islohoti konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etayotgan Gruziya sobiq bosh vaziri.
Senat Davlat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Hujjat bevosita prezidentga bo‘ysunuvchi DXX faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab beradi.
O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini mahokama qildi.
Konstitutsion tuzumni ag‘darish maqsadida fitna uyushtirishda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev mazkur ish bo‘yicha sudlanayotgan boshqa sudlanuvchilar uni haqorat qilayotganini ma’lum qildi.
Muxolifatchi Muhammad Solih Bobomurod Abdullayevning u ayblanayotgan jinoyatga aloqador emasligi to‘g‘risida ko‘rsatma berishga tayyorligini bildirdi. Sud bunga hali vaqt borligini ma’lum qildi.
Abdulla Aripov va Abdulaziz Kamilov Kemerovodagi yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi.
Jurnalist Karimberdi To‘ramurod telefon orqali tahdiddan so‘ng mashina haydashni to‘xtatib qo‘ydi. Samarqand viloyat prokuraturasi xodimlari esa uni himoya qilishga va’da berdi.
Next, Samarqand Darvoza, Mega Planet va Magnit savdo-ko‘ngilochar majmualarida xodimlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Marokash jamoasidan 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekistonda mutaxassislar va keng omma uchun iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartiblariga bag‘ishlangan qo‘llanma chop etildi.
O‘zbekistonda savdo markazlari va boshqa obyektlarning yong‘inga qarshi tizimlari va evakuatsiya yo‘llari holati tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Toshkentda 9 apreldan 18 mayga qadar reja asosida issiq suv o‘chiriladi.
AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon barcha tomonlarni afg‘on hukumati va «Tolibon» harakatini muzokaralar stoli atrofiga jamlash uchun birlashishga chaqirdi.
Terrorizm tahdidi barcha uchun umumiy, unga qarshi birgalikda kurashish lozim, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Toshkent konferensiyasida.
Bepul onlayn ta’lim sohasida dunyoning eng ilg‘or oliy ta’lim dargohi — Massachusets texnologiyalar instituti misolida masofaviy ta’lim afzalliklari va istiqbollari «Gazeta.uz» muxbiri nigohida.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov jahon hamjamiyatini Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi uchun bor imkoniyatlarni safarbar etishga chaqirdi.
Konstitutsion tuzumni qulatish maqsadida fitna uyushtirishda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev navbatdagi sud majlisida maqolalarni pul uchun emas, balki e’tiqodimdan kelib chiqib yozganini ma’lum qildi.
Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasiga katta umid bog‘lamoqda, deya ma’lum qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
Yevroittifoq toliblar Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi jarayonini qo‘llab-quvvatlasa, ularni sanksion ro‘yxatdan chiqarishga tayyor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting