Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi.
Toshkentda Hastimom-mahallaning Zarqaynar ko‘chasi va unga yondosh berk ko‘chalarda kommunikatsiya tarmoqlari yer ostiga o‘tkazilmoqda. Olmazor tumani hokimi mahalla ahli bilan uchrashuvda “bu ko‘chadagi uylar endi buzilmasligi"ni aytgan. Aholi bu ishlar “ko‘zga ko‘rinarli joy"lar bilan cheklanib qolishidan xavotirda.
Katta Farg‘ona kanalining Marhamat tumanidan o‘tgan qismida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida oqib ketgan 17 yoshli bola halok bo‘ldi. Prokuratura tekshiruv ishlarini boshladi.
O‘zbekistonda joriy yilning ikkinchi choragida nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 foizga, real ish haqi (inflyatsiyani hisobga olgan holda) esa atigi 0,2 foizga oshdi. Deyarli barcha tarmoqlarda o‘sish sur’atlari sekinlashdi, qurilishda pasayish kuzatildi.
Parij Olimpiadasi ochilishi kuni Fransiya temiryo‘l tarmog‘ida sabotaj uyushtirildi. Vandallar bir necha muhim yo‘nalishlardagi signal qutilariga o‘t qo‘ydi, bu esa tezyurar poyezdlarning harakatiga jiddiy ziyon keltirdi.
Parijda 26-iyul kuni 2024-yilgi yozgi Olimpiada rasman ochiladi. To‘rt yillikning eng katta sport tadbiri arafasida Fransiya poytaxti Olimpiya ranglari va ramzlari bilan to‘ldi. Shaharda xavfsizlik choralari ham kuchaytirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin Parijdan olimpiyaoldi fotoreportaj tayyorladi.
Tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida osmondan lentalar yog‘dirilishi aytilgan video tarqaldi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi bunday harakatlarning tabiatga zararini tushuntirdi. Tashkilotchilar animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi reja qilinganini ma’lum qildi, shunga qaramay shou bekor qilindi.
Toshkentda “garmoshka” avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli “manyovr”lar qildi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, “qora ro‘yxat”ga qo‘shildi, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritildi.
Futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi. Musobaqada Tojikiston, Qirg‘iziston va Gvatemala terma jamoalari ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Misr bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi. U bo‘lajak raqibning kuchli tomonlari hamda imkoniyatlarini yaxshi bilishlarini va oldingi o‘yindan kerakli xulosalar chiqarilganini ta’kidladi.
“Dedpul va Rosomaha” va yana uchta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, ko‘rgazmalar, Tohir Sodiqov konserti, yulduzli festival, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Raqobat qo‘mitasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish maqsadida o‘tkazgan 26,5 mlrd so‘mlik tenderida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining buzilgani aniqlandi.
Yangi Toshkent arxitektorlari shaharni binolar qurishning ekologik standartlariga muvofiq barpo etishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” ko‘tarma kran zavodi negizida qurilgan ombor misolida “yashil” standartlar nima ekanligi va ularga noturar joy obyektlarida nima uchun rioya qilish zarurligini haqida hikoya qiladi.
BYD Uzbekistan Factory Sergeli tumanidagi portlash paytida shikastlangan va Xitoydan olib kelingan avtomobillarning bir qismi ta’mirlash uchun ajratib olinganini tasdiqladi. Kompaniya avvalroq 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha tender e’lon qilgandi. Mashinalar tizimdagi korxonalar orasida sotilmoqda.
O‘zini Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik sifatida namoyon qiluvchi Gruziya noyob arxitekturasi, milliy taomlari va qiziqarli an’analari bilan ajralib turadi. Iyunda “Gazeta.uz” muxbiri Nurulloh Sharipov Kavkazning ushbu go‘zal mamlakatida bo‘ldi. Sayohat Easybooking kompaniyasi yordamida amalga oshirildi.
DXX Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlarida turli giyohvandlik va “Regapen” kabi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Narkotik moddalar va dorilarning aksariyati Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan (foto, video).
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.
O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari havo juda issiq bo‘ladi. Harorat +43…+45 darajagacha boradi.
Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi.
Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting