Hukumat tegishli sertifikatga ega barcha tashkilotlarning haydovchilar malakasini oshirish bilan shug‘ullanishiga ruxsat berdi. Yuridik shaxslar haydovchilari uchun har ikki yilda malaka oshirish talabi saqlab qolindi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun istisnolar joriy etildi.
O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari o‘rtasidagi bitta temir yo‘l va sakkizta avtomobil o‘tkazish punktlari, shuningdek chegara posti o‘z faoliyatini qaytadan boshlaydi.
Namanganda navro‘z bayrami arafasida besh tonnalik sumalak tayyorlanadi. Bu yerda birinchi turizm va milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladi.
Toshkentda metropolitenda portlash uyushtirishga tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi.
2017 yilda 3500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Janubiy Koreya, Rossiya va Yaponiyaga tashkiliy ravishda ishlashga jo‘natildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi 2018 yilgi jahon chempionati tugaganidan so‘ng ishga kirishadi. Hozircha uning nomi oshkor qilingani yo‘q.
Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson bo‘lmasligi kerak, dedi Prezident. U ro‘yxatga olish tizimini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Qarshi aeroportidan tashqari Andijon, Nukus va Navoiy havo bandargohlarida ham «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev aeroportlarda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar, jumladan sun’iy navbatlar va taksi xizmatlari muammolarini hal etishni topshirdi.
Qirg‘izistonda gaz portlashida jarohatlangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini FVV va SSV vatanga olib keldi.
«Hisor» qo‘riqxonasidagi fotoqopqonlar tabiiy muhitda yashayotgan yovvoyi yirtqich va qushlarni qayd etdi.
O‘zbekiston suveren kredit reytingi olgan taqdirda yevroobligatsiyalarga 300 mln dollargacha miqdorda mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda.
Qirg‘izistonda ishlayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi gaz portlashidan jarohatlandi.
O‘tgan yili O‘zbekistonda qariyb 74 mingta yoki 2016 yilga nisbatan 15,7 foiz kam jinoyat ro‘yxatga olindi, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri.
Futbol assotsiatsiyasi «Navbahor» va «Bunyodkor» klublariga nisbatan sanksiya qo‘lladi — har biri 500 mln so‘mdan jarimaga tortildi.
Jasur Aripov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yengil avtomobilning to‘rt yo‘lovchisi vafot etdi.
Prezident bosh prokurorning yangi birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarini tayinladi.
Moliyaviy piramida asoschisi Ahmad Tursunboyeav 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Prezident importni qisqartirish rejasining bajarilishini tanqid ostiga olib, qator sohalar rahbarlari mahalliylashtirish haqida o‘ylamasdan xorijdan mahsulotlar tashiyotganini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting